www.ziyouz.com кутубхонаси
71
qo‘ymas. Ba’zi toifalar aniq ravshan dalillar bilan, ba’zi toifalar turli za’if gumon, shubhalar
bilan behisht va do‘zaxning haqligini bilibdurlar, hammasiga vojibdurki, farosat aql-idrok
birla ul azim xatardan hazar aylab, shariat yo‘liga, payg‘ambar alayhissalom yo‘liga
pokizalik birla qadam qo‘yg‘aylar.
«Musulmonchilik unvoni» bayoni tamom bo‘ldi o‘zni tanimoq va Haq taoloni va oxiratni
tanimoq birla. Bas, bundan keyin «Musulmonchilik muomalasi» ruknlarini ibtido qilgum
(boshlagum)dir. Inshoollohu taolo. Vahdahu va lo sharika lah. Lahul-mulku va laxul-
hamdu yuhyi va yumit. Haq taolo yagonadir, Uning sherigi yo‘kdir. Olamning bor mulki
Uniki. Hamdu sanolar faqat Ungadir. U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidur.
NAZM
Ey, yaxshi oting fidosi jonim, Avsofinga yuz tuman jahonim. Vasfingga fido demak jahonni, Zar bilmak erur sarig‘ somonni. Ajzig‘a rasuling o‘lsa iqror, Ne til bila hamding aylay izhor. To bandangman, ne qilg‘um, qabul et, Boshim uza rahmating nuzul et. Nafs ilgida xorman, giriftor, Sharmandayu ma’siyat, nigunsor. Nafsim itin aylagil asirim, Aylab kalomingni dastgirim. Qulluq kamarin belimga chust et, Nafsim havosin ko‘ngilga sust et. Tavfiqni aylagil rafiqim, Toqat sari aylagil tariqim. Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni, Shaytoni la’yin ozdurur yo‘limni. Fikringni ko‘ngilga ayla mahbub, Yodingni jonimg‘a ayla matlub. Jon dardig‘a marham et g‘amingni, Majruh dilimg‘a marhamingni. Ishq o‘tiki, jonu dilg‘a urg‘ay, Tan tufrog‘ini dog‘i sovurg‘ay. O’zluk yukidin xalos aylab, Lutfu karamingga xos aylab. Ehson ila aylabon inoyat. Qilg‘il manga ro‘ziyi hidoyat. Oinai dilda zangi isen, Ko‘pdurki, aritmog‘i na imkon. Afvu karamingni masqal etkil. Dil oinasini sayqal etkil. Rahmat nazarig‘a ayla manzur, Zavqing bila ko‘nglum ayla masrur. Ishq o‘tig‘a ko‘nglim ayla maskan, Shavqingg‘a jonim harimi ma’man. Zotingni tanurg‘a ayla orif,
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
72
Ganjinai dil pur az maorif. Ey soqiy, ketur mayi jigarchun, Hajr ayladi tah-batah jigarxun. Kayfiyati ravzai Salsabili, Hayot suvidur aning xijili. Zavq ila bu maydan aylagach no‘sh, Lutf ila menga ichurgaysan qo‘sh. Bo‘lg‘och g‘amimga farax mubaddal, Mushkullarim aylagil dag‘i hal. Itmomig‘a yetti to‘rt unvon, Og‘oz etay emdi to‘rt arkon. Har ruknlarining iktizosi, O’n asl bila topar ziyosin. To safha uza qilay muzayyan, Tong yo‘qki, mastur o‘lsa gulshan. Har gulshan ichida yuz tuman gul, Har shoxida turluk savti bulbul. Gar qaysini uzmakka bo‘lsa komi, Guli aslga aylasin xirome’.