www.ziyouz.com кутубхонаси
67
qOltanlar haqidadur. Ul gavhar va yoqutlar toat ibodatniig misolidur. Ul qorong‘ulik dunyo
misolidur. Kim toat, ibodat gavharlarini olami zulmatdan abadiy, chin dunyoga olib boribdur,
hadsiz davlat va nihoyasiz ne’matlardan sarafroz bo‘libdur.
Ul kishiki, nasiya nimarsa uchun naqd ranju mashaqqatlar tortarmanu, deb toat
gavharlaridan mahrum qolur, tongla qiyomatda faryod qilurki: «Afiyzu alayno minal - mo’i».
Qiyomat kuni ahli ma’rifat va ahli toatlarga chandon saodat va sharofatlar ato qilurki, bu
olamning hamma ne’matlari oxiratning bir soatlik ne’matiga barobar bo‘lmas. Haq taolo
xatto do‘zaxdan chiqqan (jazosini olib bo‘lgan) odamlarga oncha ne’matlar berurki, dunyoning
hamma ne’matlaridan afzaddur.
Bu uch qism otashi ruhoniyni taniding. Endi bilg‘ilki, otashi jismoniy, badanni ham,
jonu dilni ham kuydirguvchidur. Mundin ziyodaroqdur. Bas, har narsaning ranji, azobi ul
vaqtda g‘olib bo‘lurki tab’i xohishiga zidligi anda g‘olib bo‘lsa. Masalan, qolip-badanning
tab’i xohishi uldurki, badan tarkibidagi juz’, uzvlari (xalq, soddalik bilan a’zolari deydi)
o‘z joyida barqaror va osuda (og‘rimasdan) turmog‘idur. Vaqtiki, do‘zax o‘ti badanni
jarohatlasa, ajzolarini bir-biridan judo qilsa, ranj o‘ti uning ichini, jonu dilini ham
kuydirib, har juzvidan unga o‘zgacha ranj va azob yetgusidur. Va dilning tab’i xohishi
bu olamda - Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmoq va abadiy olamda parvardigori
olamning jamoli tajalliysini ko‘rishga musharraf bo‘lmoqdur. Bas, bu davlatning ziddi
dilning nobiynoligi - ko‘rligidur. Aning ranju azobining nihoyati bo‘lmas. Bu otash jonu dil
ichra paydodur va bu ko‘rlikni ular bu dunyodan oxiratga olib borg‘ondurlar. Va bu
olamda ilmi yaqindan xabarsizligi sababli bu o‘tni ko‘rmagan edilar. Vaqtiki, o‘lsalar
to‘siqlar bartaraf bo‘lib, ilmi yaqin birla (haqiqati bilan) bu o‘tni mushohada qilurlar.
Kallo, lav ta’lamuna ilmal yaqin, latarovunnal jahim (Takasur, 5-6). Yo‘q, agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda (uni do‘st
tutmas edingiz). Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rasizlar.
Bas, shariat jismoniy do‘zax va jismoniy behishtni tamomi sifatlari birla sharh
qilibdur. Va bu vajhdan hamma xalqbehisht va do‘zax sharhini fahm qilurlar. Charoki,
do‘zax o‘tidan bu olamdagi otash namuna va behisht ne’matlaridan bu olam noz-
ne’matlari nishonadur. Ammo ruhoniy behisht va ruhoniy do‘zaxni shariat bayon
qilmabdur. Shu sababli xalq ani fahm qilolmas. Charoki, bu olamda ulardan nishona
yo‘qdur. Masalan, kichik bolaga desakki, sen bu saboqni o‘rgangil, uni o‘rgansang seni
falon yerga amir yoki podshoh qilurmiz, ul go‘dakning ko‘ngliga bu so‘z mutlaqo ta’sir
qilmas. Chunki go‘dak amirlik va podshohlik lazzatu rohatini ko‘rmagandir. Va agar
desalarki, sen bu saboqni bilmasang, ustozing seni qattiq uradur, bu so‘zlar
go‘dakning ko‘ngliga ta’sir qilur, chunki ustodining kaltagini avval sinab ko‘rgandur.