FASL
Ruhiy do‘zax bayonida
Vavt uldurki, endi ruhoniy do‘zaxni sharh qilg‘umdur. Ruhoniy do‘zax deb ani
ayturmizki, azob faqat ruhga bo‘lur tan o‘rtada bo‘lmas. Chunonchi, Haq taolo
xabar berur:
Narullohil muvqoda, allatiy tattoli’u alal af’ida. (Humaza, 6-7).
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
64
Oyatning tafsiri: Haq taolo yondirgan o‘tdirki, dillar ichida shu’la urib qulguvchidur.
Bu o‘t Alloh afv etguncha azob berur. Va ul o‘tki badanni kuydirur, ani jismoniy
atarlar.
Bilg‘ilki ruhoniy do‘zax uch qismdur. Avvalgi qism - dunyo lazzatlarining firoqi
(mahrumligi) o‘tidur. Ikkinchi qism d u n y o n i n g gunohdan iborat
l a z z a t l a r i n i ng xijolatchiligi va rasvoligi o‘tidur. Uchinchi qism - Haq taoloning
jamoli bo - kamoli tajalliysidan mahrumlik o‘tidur.
Bu uch qism otash dilu jonni kuydirur, badan birla ishi bo‘lmas. Va lozimdurki, bu uch
qism otashning sababini sharh qilsak, (gunohkor) bu o‘tlarni oxiratga o‘zlari bilan
elturlar. Bas, bu o‘tlarning ma’nosini zohiriy olamdan bir misol bilan bayon qilg‘umdur.
Ammo, avvalgi otash dunyo ne’matlari va lazzatlari o‘tidur, andog‘ki. oshiq
ma’shuqi birla do‘zax ichida bo‘lsa, anga bihishtdur. Vaqtiki ma’shuqidan judo erur,
behisht ham anga do‘zaxdur.
Bayt:
Jannat ersa maskanim sensiz erur do‘zax maiga,
Do‘zax ulg‘ay jannatim vaslingdan o‘lsam benasib.
Bas, bu dunyoning oshiqlari (dunyoni sevguchilar) bu dunyoda go‘yo behisht
ichidadurlar. Va bular oxiratda do‘zaxiydurki, ma’shuqidan - (sevgan mol, dunyo,
mansablaridan) ayrilib qolurlar. Ba’zi narsalar lazzat va rohat sababidur va ba’zisi ranj,
uqubat sababidur.
Masalan, bu dunyoda podshoh bo‘lg‘ayki, hamma ro‘yi zamin ( Y e r yuzi)
xalqini itoatda tutg‘ay. Ul podshoh hamisha oftob tal’at va zebo qomat
ma’shuqalari birla rango-rang saroylar ichra aysh-ishratlar qilg‘ay. Bas, bir
tarafdan dushmani paydo bo‘lib bu podshohning tamomi mamlakati, xazina
va ma’shuqalarini tasarruf qilib, bu podshohni sakbonlikg‘a (itboqarlikg‘a)
qo‘ygay. Va a n i n g nazarida zani ( a y o l l a r i ) , xazinalari va kanizaklari birla
dushmanlari aysh-ishrat qilg‘ay. Bas, bu odamning holi na kechgusidur
Bularning barchasidan judolik uning dilu jonini kuydirur. Bir yo‘la o‘zini halok
qilmoqqa xohish qilurki. bu azoblardan xalos bo‘lay deb, ammo bu ham
muyassar bo‘lmas. Va bul bir otashning misolidur.
Bas, kimki bu dunyoda hayoti farovonroqdur, noz-ne’matlari va rohat,
lazzatlari ko‘proqdur, bulardan oxiratda ayrilganida azob-uqubati shu qadar
ko‘proqdur. Bul vajxdan ranj va alam yetgan kishi ko‘z va quloqlarini bir narsaga
nigoron va mashg‘ul qilsa, yoki uxlasa ul ranj, alami kamroq bo‘lur. Va agar musibat
yetgan kishi uyqudan uyg‘onsa, musibati, alami avvalgidan ziyoda bo‘lur. Va agar
g‘am, anduhi ko‘p odam o‘lsa, tamomi azoblaridan xalos bo‘lur.
Gumon qilmag‘ilki, oxiratdagi o‘t bu olamdagi o‘tga o‘xshash bo‘lur deb. Balki
do‘zax o‘tini olib, yetmish marta suvga cho‘kdirib, undan so‘ng bu olamga
keltirgandurlar.
Ikkinchi otash, qilg‘on gunohlariga sharmandalik va rasvolik o‘tidur. Bu otashning
misoli uldurki, bir podshoh uzoq safarga chiqish oldidan bir hasadgo‘y, nomard
yigitni o‘z o‘rniga noyib qilib, tamomi mamlakati va xazinalarini anga topshirgay va
haramiga yo‘l bergay va hamma ishlarida unga ishongay. Bas, bu yigit noz-
nematlarga ega bo‘lmoq, birla botinida tog‘iy (tug‘yonkor, isyon kor) bo‘lib, isrof
qo‘lini ochgay, podshoh haramiga xiyonat qilg‘ay. Zohiran podshohg‘a o‘zini
diyonatli va sadoqatli qilib ko‘rsatg‘ay. Podshoh (hech qayoqqa ketmay) derazadan
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |