www.ziyouz.com кутубхонаси
66
og‘zimga quydi deb.
Vaqtiki tong otdi, shahzoda xushiga keldi, ko‘rdiki ul uy gabr (kofir)larning
dahmasi go‘ristoni ekan, ul uyqudagi xalq o‘liklar ekan, va ul chodra ostida yotgan
xunuk, palid bir kampir ekan. Gulob deb gumon qilgani najosat ekan. Shahzoda ko‘rdiki
hamma yog‘i najosat bo‘libdur. Yigit buni anglagach, sharmandalik va rasvoliqdan o‘lar
holatga yetdi. Bu oludalik (ifloslik) birla tashqariga chiqishga andisha qildi. Aytur
erdiki, bu holatdan davlatpanoh voqif bo‘lsa, sharmandalikdan holim nechuk bo‘lg‘usi
deb vaxshatda o‘ltirur erdi.
Podshoh o‘g‘li g‘oyib bo‘lganini anglab, arkoni davlati birla ko‘chalarni izlab,
shahzodani vahima va sharmandalik birla o‘tirgan joyida topdilar.
Boqgilki, ul shahzoda sharmandalikdan ne hOlta tushibdur. Bas, tongla
qiyomat kuni mol-dunyo ahli dunyoning hamma lazzat va rohatlarini ushbu sifatda
ko‘rgaylar.
Balki andin chandon ziyoda sharmandalik va rasvolik bo‘lg‘usidurki, qiyomatning
holini bu olamning misoli birla bilgali bo‘lmas. Ammo bu voqea bandaning qiyomatdagi
qolidan andak namuna va nishonadur.
Uchinchi otash Haq subhonahu va taoloning jamoli bo-kamoli va bezavolidan
mahrum va ul saodatdan navmid (noumid) bo‘lg‘onning o‘tidurki, bu o‘tning
sababi joqillik va nodonlik. Riyozat va mashaqqat tortib, ma’rifat hosil qilmagan ko‘r
va johildir. Ma’rifat hosil qilish uchun mashaqqatu kulfatlar tortib, ilm o‘rgangaylar.
Haqtaoloning jamoli bokamoli tajalliysidan mahrum qolmagaylar.
Ravshan oyna zang bosganida jamolni ko‘rsatmas. Munga o‘xshash ba’zi toifaning dil
oyinalari gunoh - ma’siyat zangidan va shahvat, lazzat g‘uboridan tiyra (xira, qora)
bo‘lgandurki, ko‘rlikdan qutulolmas. Buning misoli shunga o‘xshashki, bir guruh odamlar
qorong‘u kechada bir kimsasiz joyga yetgaylar, u yerda qum va tosh (shag‘al) ko‘p
bo‘lg‘ay va qorong‘uda aning rangi bilinmas. Hamrohlaring senga aytg‘aylarki, toshlarda
bisyor manfaatlar bordur. Shunga ko‘ra odamlar ba qadari himmat boyagi toshlardan
yig‘ib Oltaylar va sen hech narsa olmag‘aysan. Va aytg‘aysanki, bu ish naqadar ahmoqlik,
bunday olib og‘ir yukni ranj, mashaqqat tortish, tongla bu toshlar kerak bo‘lur yo yo‘q,
ma’lum emasdur. Bas, hamrohlaring bu toshlarni havas bilan yig‘ib, ranj, mashaqatlar
bilan ko‘tarib yurgaylar. Va sen ularni masxara qilib aytursanki, har kimning aqli va
ziyrakligi bo‘lsa o‘zini og‘ir yuklar bilan qiynamagay. Hovliqmay, osudalik birla yengilroq
(ko‘p mol, dunyo to‘plamay) tirikchilik qilgay. Va aytursanki odam ahmoq va nodon bo‘lsa
o‘zini eshakka o‘xshatib, og‘ir yuklar yuklab, ranj, mashaqqatlar tortur. Bas, vaqtiki tong
otsa, ko‘rarlarki ul ko‘targan toshlari la’l, gavhar yoqut erurki, har birining bahosi yuz
ming dinor bo‘lg‘ay. Va bu ne’matlar toat, ibodat gavharlaridur.
Va ul qavmdan hech narsa olmagan yoki juda kam yuk Oltanlar hasrat va nadomat
qilg‘aylarki nima uchun ko‘proq, yuk olmadik deb. Va sen hijolatga qolursan.
Hamrohlaring esa ul la’l gavharlarga hayotning halol noz-ne’matlaridan olib, shahar
viloyatlarga ega bo‘lib, umrini xursandchilik bilan o‘tkazgaylar. Seni o‘zlariga qulday
ko‘rurlar. Xarchand bu ne’matlardan menga ham ozroq nasiba beringlar, desang
ayturlarki, «Sen tunov kuni bizlarga kulib, masxara qilar eding, bizlar bugun seni masxara
qilurmiz».
«Xudoi taolo sizlarga ato qilgan sharbatdan bizlarga ham bir necha qatra va yo
ne’matlardan bir necha zarra sochinglar». Ahli behisht ayturlarki, «Haq taolo behishtning
sharbat va ne’matlarini kofirlarga harom qildi».
«Masxara qilur edinglar bizlarni, endi biz sizlarni masxara qilurmiz, siz bizni masxara
qilgan kabi».
Bas, bu misol behisht ne’matlaridan benasib va Haq taoloning diydoridan mahrum