FASL
Ruhning to‘rt manzili bayonida
Hamono aytursenki, ruhoniy do‘zax va behishtning sharhi va tafsili ulamolarning
kitoblarida keltirilganlarda muxolifdir (biri boshqasiga xilof). Ulamolar aytibdurki, har
nimarsani kishidan (va kitobdan) o‘rganmoq va eshitmoqtsan o‘zga tariqa birla bilgali
bo‘lmas, Ruhoniy do‘zax va behishtni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Bas, bilgil va ogoh
bo‘lgilki, ulamolar ruhoniy mas’alalarni sharh qilmaslariga nima uzr bo‘ldi erkan?
Oxiratning sharhida har nimarsaki ulamolar bayon qilibdurlar, hammasi rostdir. Lekin
ulamolar ruhoniyatni yo bilmadilar, va yo bilsalar ham sharh qilmadilar. Zotan, aksar
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
68
xaloyiq ruhoniyat olamini bilmaslar. Har kishida qam ruhoniyatni (ruhiy olam ishlarini)
fahm qilmoqqa qudrat yo‘qdir.
Magar ul kishiki, Haq taolo fazlu karami birla hidoyat topibdur, ular fahm qilurlar.
Bu tariqa kishilar (ko‘p zamonlarda bir) paydo bo‘lur. Va har nimarsaki ruhoniydur,
sohibi sharh hazrati rasuli akram s.a.v.dan o‘rganmak va eshitmakdan o‘zga tariqa
birla bilgali bo‘lmas.
Ammo, yana ruhiy olam qaqiqatini bilmoq va tanimoqni furu’i (bir tarmog‘i)
bordurki, ani basiyrat yo‘li va botiniy mushohada birla bilgali bo‘lur. Bu martabaga ul kishi
yetarkim, shaqri va vatanidan muforiqat qilib (firoqda bo‘lib), rohi din safari ixtiyor
qilsa va bu vatandan, shahar va xonadan murod bu ermasdurki, shahar va xona qolip
(jism, badan)ning vatanidurki, ruh insonning haqiqatidur.
Bas, ruh o‘zining asl vatanidan insoniy vujud shahristoniga safar ixtiyor qilibdurki, u
(vaqti kelib) yana o‘z asl vataniga qaytgusidir. Bu safar ichra nechand manzili bor olamdir.
Bas, ruhning avvalgi manzili olami mahsusotdir (hissiyotlar olami), andin keyin
taxayyulot, andin keyin mavhumot, andin keyin ma’qulot (aqliy olam)dur. Bas, ma’qulot
ruhoniy ruhning to‘rtinchi manzilidurki, (odamning ruhi) o‘zga manzillarda xabar
topmagan nimarsalardan olami ma’qulotda xabardor bo‘lg‘usidur.
Bu olamlarning har birini bir misol birla fahm qilgani bo‘lur. Bunday misollardan biri, to
odam mahsusot (hislar, sezgilar) olamidadur, aning darajasi parvona misllik ushoq (juda
kichik) jonivorlar martabasidadur. Bu jonivorlar o‘zlarini chiroqqa ururlar, charoki bularda
quvvai basira, ya’ni ko‘rmoqqa quvvat bor, va lekin xayol (xotira) hofizasi yo‘qtur. Bas, bu
jonivorlar qorong‘udan qocharlar, kunduzni do‘st tutarlar va gumon qilurlarki, chirog‘
ravzanadur (yorug‘ dunyo eshigidur).
Bas, o‘zlarini chiroqqa urarlar. Vaqtiki o‘tning so‘zoni (olovi) yetsa, ul dard
hofizlarida turmas, va xayollarida to‘xtamas (chiroqqa talpinaverarlar). Charoki,
bularda xayol quvvati hofiza (xotira) bo‘lsa edi, bir marta dardnok bo‘lg‘andan
keyin, ikkinchi bor o‘zlarini o‘tga urmas edilar. Hayvonlarni esa bir marta tayoq
birla ursalar, ikkinchi marta tayoqni ko‘rsalar, qochurlar, toki tayoqning og‘rig‘i
hofizasida turar. Bas, mahsusot (olamni his etish) insoniy ruhning avvalgi manzilidur.
Ikkinchi manzil - taxayyulot olamidur. Toki, odam bu darajaga yetsa, bahoyim
(hayvonot) darajasiga yetganidur, toki bir nimadan ranj va alam (og‘riq) yetsa
keyingi gal ul narsadan saqlanor.
Uchinchi manzil - mavhumot olamidur. Vaqtiki, odam ruhi bu darajaga yetsa, ot va
tuya birla barobar bo‘lg‘usidurki, dushmanning ranjini ko‘rmay turib, andin qochar.
Chunonchi, qo‘y bo‘rini ko‘rsa va ot yo‘lbarsni ko‘rsa qocharlar. Bir marta ko‘rishdayoq
dushmanni tanirlar, aning ranj va alamini ko‘rmasdan ilgari bilurlar. Agarchi fil, tuya
va ot shaklda bo‘ridan va yo‘lbarsdan bahaybatdirlar, bulardan qocharlar. Bas, qo‘y,
tuya va otda bir quvvatni qo‘yibdurki, aning birla ular do‘st, dushmanni ko‘rganda
farq qilurlar. Ammo bu hayvonlar tonglaliq (ertanggi kunda keladigan) manfaat va
zararni bilmaslar.
Ammo, to‘rtinchi manzil - ma’qulot olamidur (aqliy olam). Vaqtiki odam ruhi bu
martabaga yetsa, hamma hayvonlarning martabasidan o‘tar. To aqli va fahmi kamoliga
yetguncha, odam hayvonlarga sherikdur. Vaqtiki, quvvai oqilasi kamoliga yetsa, olami
insoniyatning avvalgi martabasiga yetkanidurki, har nimarsaning andozasini bilur... Va
kelur zamonda bo‘ladurg‘on ishlarning salohi va fasodini bilur. Va hamma ishlar
haqiqatini va alfozlari (so‘z, tushunchalari) ma’nolarini mulohaza qilur. Va har
mavjudotki, ushbu olamdadir, nihoyati bordur. Har nimarsaki, maxsusot (hislar,
sezgilar) olamidandur, ajsom (jismlar)dan boshqa narsa emasdur. Bas, ajsom
mutanohiydur (nihoyasiga yetar, tugab bitar). Hamma odamlar yer yuzasida yururlar,
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |