www.ziyouz.com кутубхонаси
63
buyurur, o‘shal ish Haq taoloning shariatiga xilof bo‘lur. Bas bu kishi shariatning
farmoniga o‘zini moyilroq ko‘rsa, Xudoi azza va jallani do‘st tutg‘onidur.
Chunonchi, bu kishi ikki kishini do‘st tutsa, bu ikkovidin biriniig muhabbati
ziyodaroq bo‘lsa, va bu ikkov orasida ixtilof voqe’ bo‘lsa, o‘zini muhabbati
ziyodaroq do‘stiga moyil ko‘rar. Bu vaqtda unga ziyoda do‘stligi ma’lumdur. Bas, bu
tariqa bo‘lsa tilida do‘st demak hech foyda qilmas. Chunonchi, hazrati rasuli akram
s.a.v. aytibdurlarki: «Lo iloha illolloh deguvchilar haq azobidin xalos bo‘lur. Ammo ul
toifaki, tillarida bu kalimani aytib, ko‘ngillarida dunyoning muhabbati din va mazhab
muhabbatidan ziyodaroq bo‘lsa Haq subhonahu va taolo bu toifa haqida «Bu tariqa
kalimago‘ylar yolg‘onchilardur - kim, azobdin xalos bo‘lmaslar» - deydi.
Bas, bilg‘ilki, ahli basiyratlar (xushyor, zehnli, uzoqni ko‘ruvchilar) botinlari
mushohadasi birla qabr azobi bo‘ladurg‘on kishini bilurlar. Va lekin azobning og‘ir va
yelgilligida tafovutlar bordur. Chunonchi, dunyo aloyiqi (moddiy boylik)
muhabbatida tafovut bisyordur.
FASL Hoyu havas va qalb pokligi bayonida Bir guruh axmoq va mag‘rurlar ayturlarki, agar qabr
azobi
dunyo
aloyiqig‘a ko‘ngil berganidan bo‘lsa, bizlar ul azobdan xolidurmizki, dunyo aloyiqiga
muhabbatimiz yo‘qdur. Dunyoning bori-yo‘g‘i bizlarga bari bir. Va bu da’volari
(o‘rinsizdur) toki ayrilmaguncha bilmaslar.
Bas, bularning da’vosi ul vaqtda rost bo‘larki, qo‘lidagi molini o‘g‘ri olsa, va yo
zo‘rlik birla yana bir kishi tasarruf qilsa, dunyoligi yo‘q bo‘lg‘anida ko‘ngliga hech
asar va xalal yetmasa, bilg‘aymizki, bu qilg‘on da’vosi rostdur. Va ba’zi kishilar
bordurki, ayol va kanizaklarga hech taalluqimiz yo‘q derlar. Va ayollaridan
ajrab kanizaklarini sotsalar ko‘ngillarida pinhon ishqo‘ti shula urub, devona va
rasvo bo‘lurlar. Bas, har kishi go‘r azobidan xalos bo‘lishni xohlasa dunyoning
hamma aloyiqlaridan (bordi keldilaridan) uzulg‘ay, magar ehtiyoj uchun zarur
bo‘ladigan narsalarni lozim tutg‘ay. Zaruratdan ham xalos bo‘lmoqni xohish qilg‘ay.
Va kishiki, zarur bo‘lub, xalojoyga bormoqni istasa, zaruratdan xalojoyni ham
yaxshi ko‘rgay. Va tezroq u yerdan chiqmoqni xohish qilg‘ay. Inson uchun taom
yemak zarurdir, va me’dani taomdan xoli qilmoq ham zarurdur. Bas, dunyoning
hamma ishlari munga o‘xshash zarurdur. Agardilni dunyo aloyiqidan holi
qilolmasang, Haqtaologa toat va ibodat qilmoqqa, zikr aytmoqqa harakat qilg‘il,
toki toat va zikrning lazzati ko‘nglingda ziyoda bo‘lsin. Sarhisob bergilki, sen
shariat farmonini tutmoqni va Haq taologa ibodat qilmoqni o‘z nafsing
xox.ishidan ustunroq bilsang, umid qilgilki, azobi qabrdan halos bo‘lg‘oningdur.
Agar nafsningxohishi toat va ibodatdan g‘olib bo‘lsa azobi qabrdan halok
bo‘lmassan, toki Haq taoloning avfi va karami bo‘lmaguncha.