FASL
Qabr azoblariniig turli-tumanligi bayonida
Chunonchi, qabr azobining aslini taniding, ya’ni, qabr azobining sababi odamning bu
dunyoni yaxshi ko‘rganidandur. Bilgilki, bu azoblar turli-tumandir. Ba’zilarga ziyoda va
ba’zilarga kam, ya’ni mol-dunyoga do‘stligi miqdoriga boqib azob bo‘lur. Bas, kishikim,
dunyolikdan oz narsaga ko‘ngil bog‘lasa, bu kishining azobi dunyolikdin joh,
dabdaba, hashamatga ko‘ngil bog‘lagan kishining azobidan kamroq bo‘lg‘usidur.
Chunonchi. bu olamda bir kishining bir otini g‘orat (talon) qilsalar, yana bir kishining
o‘n otini g‘orat qilsalar, bir oti g‘oratga ketgan kishiniig ranj alami o‘n oti g‘oratg‘a
ketgan kishidin kamrog‘ bo‘lg‘usidur. Bas, har kishining azobi va uqubati, osoyishi va
rohati dunyodagi yo‘qotgan narsa va havaslarining miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur.
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
61
Ul kishikim, mol-dunyo jam’ qilib, hamma himmatini dunyoning muhabbatiga
bog‘lasa, bu toifa holidin Xudoi taolo xabar berurkim:
Zolika biannahamus - tahabbul hayotad - dunv alal oxirati. (Nahl, 107).
Oyatning tafsiri: «Ul toifadurkim, dunyoning besh kunlik tirikligini oxiratning abadul
abad podshoxlig‘idan ziyoda ko‘rurlar, bu toifaning azobi qattiqroqdur».
Naqldurkim, hazrat rasuli akram s.a.v. sahobalarga bu oyatni o‘qirdilar.
Fa inna lahu maishatan zankan. (Toho, 124).
Dedilarki, bilurmisizlar, bu oyat na ma’nida nozil bo‘lubdur? Sahobalar aytdilarki:
«Xudo va Xudoning rasuli olimdur». Onhazrat alayhis salom ayttilar: «Kofirlarga
go‘rdagi azobning biri bukim, har kofirga to‘qson to‘qqiz ajdarhoni musallat (tayin)
qilurlar. Har yilonning to‘qquz boshi bor. Ul kofirga to qiyomatgacha nish urarlar».
Bas, basiyrat ahli bu ajdaholarni qalb ko‘zi birla ko‘rub, mushohada qilibdurlar. Va
axmoq bebasiyratlar ayturlarkim, biz go‘rga qararmiz, hech o‘lukda bu nav’
ajdaholarni ko‘rmasmiz. Agar rost bo‘lsa erdi, bizlar ham ko‘rar erduk.
Bas, bu ahmoqar bilmaslarkim, bu ajdaholar o‘lukning ruhiga musallatdur. Va
jonlarining ichida paydo bo‘lg‘uchidur. Balki ajdaholar o‘lmasdan ilgari odamiylar ichida
bordur, anindin g‘ofildurlar, Bas, bilgil, bu ajdaholar aslida nafsdin va nafsning sifoti
mazmuma (yomon, nafratli) fe’lidan. Bu ajdaholar boshining adadi va sifoti yomon
xulqlarning miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur. Bu azobning asli tiynati mol-dunyoni do‘st
tutishdandir. Bu ajdaholar kofirlarning ichida barqaror va yashirindur, ular
kofirlarning joni ichra musallat bo‘lmog‘i (ularning) Xudo va rasulni bilmagani jihatidin
emastur. Balki mol-dunyoni sevgani jihatdindur. Chunonchi: Xaq taolo xabar berur:
Azhabtum tayyibatikum fi hayotikum ud - dunyo.
Mazmuni: «Sizlar o‘z huzur - halovatlaringizni dunyodagi hayotingizdayoq tugatdingiz».
(Ahqof, 20).
Va agar ajdaholar odamiyning zoxir badanida bo‘lib, ko‘zga ko‘runsa, andin bir
soatda xalos bo‘lish mumkin bo‘lur erdi. Va lekin bu ajdaholar jon ichida barqarordur.
Andin qochib qutulmoq mumkin emas. Chunonchi, kishi kanizagiga oshiq bo‘lsa
shuning ajdahosi ani joniga nish urar. Bas, bu ajdaho ul kanizakning ishqidurkim
joni ichra barqaror va yashirindur. Agar ishq bo‘lmasa firoq ranji dilni xarob qilmas
erdi. Bas, bu dunyoning mehri bo‘lmasa, bu ajdarlar ruh mamlakatini tasarruf qilolmas.
Bas, har kishi azob-uqubatning sababini oxiratga o‘zi olib borg‘usidur. Ushbu ma’noda
hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:
Innamo xiya amolukum turaddu ilaykum.
Ya’ni «Mundin o‘zga emasturkim, ul azob va uqubat o‘zunglarning amallaringdur, o‘sha
ishlaringni senga hukmron qilg‘usidur»
Xudoi taolo xabar berurkim:
Va inna jahannama la muhiytatun bil kofiriyna.
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |