www.ziyouz.com кутубхонаси
57
xabar beribdurlarki: «O’lum mo‘minga tuhfa va hadyadur».
Bas, kishi domni sayd uchun saklar. Vaqtiki sayd qo‘lga kelsa domning halokatini
g‘animat bilur. Agar auz billoh (Alloh taoladan panohtilaymiz) sayd qo‘lga kelmasdin
ilgari bu asbob va ulov halok bo‘lsa, aning hasrat va ma’siyatiga nihoyat yo‘qlur. Va bu
aaam, hasrat qabr azobining avvalidur.
FASL Insoniy ruh haqiqati bayonida Endi bilgilki hayvoniy ruh bu olami sifliy (past olam)dandurkim, turli xiltlarning latif
buxor (bug‘)laridan iborat. Va xilt to‘rtdur. Chunonchi, suv. otash, tuproq va bodel. Va
mijoz balg‘am va safro va savdodan iborat.Chunonchi, suv, olov. tuproq, va bod
mijozda muxtalif va mutadil bo‘lmog‘i, qarorat, namlik, sovuqlik va quruqlikning
miqdori farqi bo‘lganidan ilmi tibga hojat tusharki, to‘rt tab’ni e’tidolda (o‘rta
darajada, ya’ni, na issiq va na sovuq va na quruq va na ho‘l holatda
bo‘lmog‘lig‘ini mo‘tadil deyiladi) tutmoq birla hayvoniy ruh mijozini mo‘tadil
saqlamoq kerak. Toki u insoniy ruhga ulov va asbob bo‘lmoqg‘a shoyista bo‘lg‘ay.
Bas, insoniy ruh, tuban olamdan emasdur. Balki olami ulviydan (oliydan),
farishtalar javharidandur. Bu olamda ruh badan shahrida g‘aribdur. Va lekin bu
g‘ariblik insoniy ruhga shu sababdandurkim, oxirat safari zodi rohini tayyor qilg‘ay.
Chunki, Haq taolo xabar berur:
Kulna ahbatu minho jami’an. Oyatning tafsiri: Biz (Odam, Havvoga, shayton, tovus va boshqalarga) bu joydan- jannatdan tushing, dedik. (Baqara, 38). Va yana Haq taolo aytibdur: Inni xoliqun basharan min tiyn. Fi iza savvaytu va nafaxtu fihi min ruhi. (Sod, 71- 72). Oyatning tafsiri: Biz ayturmizki, odamni loydan yaratdik. Vaqtiki rost va
muhayyo qildim ul odam jasadini va nafx qildim odam badaniga o‘z ruhimdan.
Bas, bu oyatda ikki ruh hayvoniy va insoniy ruhning muxtalif turlicha ekaniga
ishorat bor.
Chunonchi, insondagi hayvoniy ruxda mijoz mo‘tadildur. Va ilmi tib birla ul ruhniig
e’tidolini bilg‘ay, tokim bemorlikni daf’ qilg‘ay. Va halok bo‘lmokdin saklag‘ay.
Munga o‘xshash, insoniy ruhki, dil qaqiqatidur, ani ham e’tidoli bordurkim,
yaxshi ibodat va riyozatdur. Ani shariat birla bilg‘ali bo‘lur. Toki shariat insoniy
ruhni e’tidolida saqlar va aning sihatlig‘iga sabab bo‘lur.
Mundin keyin «Arkoni musulmoniy» bayon qilg‘umdur. Bas. ma’lum bo‘ldi:
kishikim, insoniy ruh x.aqiqatini bilmasa, oxiratni basiyrat birla taniyolmas. Xaq
taoloni tanimog‘i xam mumkin emasdur. Bas, o‘zligini tanimoq oxiratni
tanimog‘ining kalitidurkim, dinning asli «al-iymon billohi val yavmul oxir» ya’ni Alloh
va oxirat kuniga ishonch - bu ma’rifatni muqaddam kelturdim.
Ammo insoniy ruh asrorlaridin bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, ani bayon qilmoqg‘a
ruxsat yo‘qturki hech kishining fahmiga sig‘mas. Haqtaoloni tanimoq va oxiratni tanimoq
hammasi ushbu aslga asoslangandir. Jahd qilg‘il, toki riyozat va mujohada (sa’y va