www.ziyouz.com кутубхонаси
54
FASL Dunyoning halol ne’matlari bayonida Ul mazammatlarkim, dunyo bodasinda qilindi, ammo har nimarsaki dunyodur,
hammasi mazmum (yomon) emas. Balki andog‘ nimarsalar dunyoda bordurkim, bu
dunyodin ermasdur. Chunonchi, ilm va amalkim, dunyodadur, dunyodin
ermasdurkim, ilm, amal odam birla oxiratga borgusidur. Asl ilm oxiratda odam birla
hamrohdur. Va yaxshi amallar oxiratga go‘zal fazilatlar bo‘lub borg‘usidur.
Va amal ikki qismdur. Avvalgi qismi dil javharini
pok va sof tutmoqtsurki, gunoh va ma’siyatdin parhez amal qilmoq birla
bo‘lur.Ikkinchi, Haq taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lmokdurkim, toat va ibodatga
mudovamat qilmoq birla hosil bo‘lur. Bas, ilm va amal solih ishlar jumlasidandurkim,
oxiratda odam birla boqiy bo‘lg‘usidur. Chunonchi, Haq taolo xabar berur
Va-l boqiyatu-s-solihatu. Yaxshi ishlar abadiy-boqiy qolur. (Kahf, 46). Bas, ilmning lazzati va ibodat lazzati va Haq 'taoloning zikriga uns-ulfat
bo‘lg‘onning lazzati hamma lazzatlardan xo‘broq va ulug‘roqdur.
Ilm va amal zikri dunyodadur, ammo dunyodin ermasdur. Bas, hamma lazzatlar
yomon ermasdurlar. Balki nechand lazzatlardurki, aksari dunyodin ermasdur. Biri
ulkim, agarchandiki dunyodindur, o‘lgandan keyin oxiratga hamroh bormas. Va lekin
oxirat ishiga va ilmga va amalga mo‘‘minlar boy bo‘lmog‘iga yordam berguchidur.
Chunonchi, xotin olmoq va toatga quvvat hosil qilguncha oziq-ovqat jam’ qilmoq va
libos kiymak va uy-ro‘zg‘or tutmak. Bas, bularni baqadri hojat do‘st tutmoq oxirat
yo‘lining shartidurkim, dunyodin bu boriga qanoat qilg‘ay, va qasdi ul bo‘lsakim,
bular birla oxirat ishini farog‘at birla bajo kelturgay. Bu tariqada bo‘lg‘on kishi ahli
- dunyo ermasdur.
Dunyoning yomonlik martabasi uldurkim, dunyodin maqsudi oxirat
natijasini topmoq bo‘lmasa, balki g‘aflatga sabab bo‘lub, bu olamda barqaror
bo‘lmoqg‘a ko‘ngul bog‘lasa va oxiratdin nafrat qilsa-bu tariqada bo‘lmak
nihoyati mazmum (nafratli)dur. Ushbu ma’nidin onhazrat s.a.v. xabar
beribdurlarkim:
Ad-dunyo mal’unatun va malunun ma fiyho illa zikrullahi. Ya’ni: mol-dunyo - la’natlangandur va har nimarsaki mol-dunyoga taalluqli, ul ham
la’natlangan. Magar Haq taoloning zikri va zikriga madad, ko‘mak beradurg‘on
nimarsalar mahmuddur (maqtalgan, yaxshi). Bas, bu dunyoning haqiqiy
maqsadini munchalik zikr qilmoq kifoyatdur. Qolg‘onini uchinchi : ruknda bayon
qilg‘umdur, insho Alloh taolo.