www.ziyouz.com кутубхонаси
52
Yana bir misol: dunyoning soxirligi uldurki, senga o‘zini do‘st ko‘rsatur. To sen anga
oshiq bo‘lg‘aysen. Va andog‘ ko‘rinurkim, sendin o‘zga mahbubi yo‘qtur. Lekin vaqti
bo‘lurkim, dushmanlik izhor aylab, nochor halok qilur. Muning misoli pirazan (jodugar
kampir) nobakorga o‘xsharkim, yosh va chiroyli ko‘rinib xalqni o‘ziga oshiq maftun
aylab, uyiga eltib nochor halok qilur.
Iso alayhissalomdin naqldurkim, muroqabada dunyoni bir kampir suratida ko‘rdilarkim,
o‘zini chandon misli ko‘rilmagan nafis, go‘zal ishvalar va g‘aroyib karashmalar birla
orasta qilibdur. So‘radilarkim: necha oshiklaring, shavharing bordur? Dunyo aytdikim:
«Ko‘pligidin adadini bilmasmen. So‘radilarki: bularni taloq qildingmi yo o‘ldirdingmi?
Aytdikim: hammasini o‘ldurdum. Bu jilva firib birla qolg‘onlarni ham o‘ldurmakka
mashg‘uldurme n».
Iso alayhissalom aytdilar: taajjub qilurmen ul ahmoqlarg‘akim, dunyoning fisqu
firibini ko‘rib, yana anga moyil bo‘lurlar.O’zgalardin ibrat olmaslar.
Allohumma a’simniy min sehriho. Ya’ni: Ey bor xudoyo, saqlag‘il bizni dunyoning sehridin. Yana bir misol: Dunyoning yana bir sehri uldurki, zoxirini mehr, vafo suratida orasta
qilur. Elga yetkuradurgon balo va mehnatini yashirin tutarki, johillar aning zohirini
ko‘rib, mag‘rur bo‘ldilar. Aning misoli ayyor kampirga o‘xsharkim, yuziga parda tortib,
harir jomalar kiyib, turli bezaklarni osib o‘ziga zeb va oroyishlar bergay. Har kishi ani
yiroqdin ko‘rsa oshiqi nigoron bo‘lur. Vaqtiki niqobini olsalar, aning qabihligi
ma’lum bo‘lib pushaymon bo‘lg‘usidur. Hadis kelibdurkim, dunyoni, boylikni
qiyomat kuni ajuzi zisht (xunuk, badbashara, ayyor kampir) va palid va ko‘zlari ko‘k
va tishlari og‘izlaridan chiqib turar, bu surat birla orasta aylab, hashargohga keltirib,
xaloyiqg‘a ko‘rsaturlar. Xaloyiq aning og‘zidan chiqqan sassig‘lig‘idin nola va
fig‘onga kelib, ayturlarki: bu fazohat (rasvolik, sharmandalik) va qabohat birla
nechuk narsadirki, muning badbo‘ylig‘iga chidayolmasmiz.
Farishtalar ayturlarkim: bu dunyodirki, sizlarni yaxshi ko‘rgan mahbubinglar
erdi, buning jihatidin bir-birlaringga hasad qilib, xuni nohaq to‘kdinglarkim, qat’i
rahim (qarindosh, urug‘lardan judo) qillinglar. Va munga mag‘rur bo‘ldinglar.
Bas, dunyoni do‘zaxga tashlarlar va ahli dunyo ham ul yaxshi ko‘rgan boyliklariga
ergashib, otashxonani oshxona gumon aylab, aning izidan ergashurlar. Yana bir
misol: kishikim, azalni o‘ylasa, deyarli bu dunyoda bo‘lgoni yo‘qtur. Va odamzod
abadul-abad ham bu dunyoda bo‘lmabdur. Bas, azal va abadning orasida necha kun
bu dunyoda bo‘libdur? Bu dunyoning misoli musofirning yo‘liga o‘xsharkim, avvali
maxd (beshik) va oxiri lahaddur. Va muning orasida nechand sanog‘lik manzildur. Va
har yil bir manzilga o‘xshash va har oy bir farsangga o‘xshash (6 kmetrga yaqin
masofa),va har kun to‘rt qadamga o‘xshashdur.
Va odam bu safarda hamisha yurguvchidur. Ba’zisi manzilga yetar va ba’zisi
farsangdin ketar. Ma’lum emaski, bu dunyoda o‘n yil bo‘lgan va o‘n kun. Yana bir
misoli bulki, dunyo ahli dunyolaridin lazzat ko‘rarlar. Aning ranj va rasvoligini
oxiratda ko‘rgaylar. Muning misoli ul kishining‘ holiga o‘xsharkim: laziz va shirin
taomni ko‘p yemak birla me’dasi fasod bo‘lganidin og‘zidin bo‘yi bad zohir bo‘lib,
dam bo‘lg‘ay (me’dada taom turib qolib, hazm bo‘lishi og‘irlashadi). Bu kasalning
ranju mashaqqatini sezib, yegan taomdin pushaymon bo‘lur. Chunonchi, taom
harchand lazizrokdur, va hazm bo‘lmog‘i og‘irrokdur. Va dunyoning lazzati qancha
ko‘p bo‘lsa jon berur vaqtda shuncha og‘irroqdir.
Har kishining bog‘ bo‘stoni va g‘ulomu kanizagi, oltinu kumush, ne’mati to‘larokdur,