Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
55
qolipdur. Bas, ruhsuvoriyga o‘xshashdur. Qolip-badan ulovga o‘xshashdur va ruhning bu
dunyoda badanga hojati bordur. Va anda bihisht va do‘zax ham bordur. Ul ruxning
qolipidan tashqari o‘z zotiga ham hojati bordur.
Va shu dunyoda ham do‘zax va bihisht, saodat va shaqovat bordur. Ammo ne’mat va
lazzatlardurkim, dilga qolip vosita bo‘lmay hosil bo‘lur, anga bihishti ruhoniy ot qo‘ydum.
Alam va shahovatkim, qolipsiz,
badansiz ruhga yetar, otashi ruhoniy atadim.
Ammo ul bihisht va do‘zaxkim, qolip vositasi birla bo‘lur, hammaga
ma’lumdurkim, ul bihishtda rango-rang mevali daraxtlar va sharobi taxur va huru
qusur (qasrlar), anvoi turluk ne’matlar bordur. Va do‘zax ichida chunonchi: mor (ilon)
va kajdum (chayon), otash va zaqqum va samum (halokatli shamol) va mundin o‘zga
ham azob va uqubatlar ma’lumdur.
Bihisht va do‘zaxning sifati Qur’on va xabarlarda mashhurdur. Hammalari
fahm qilur. «Ihyo» otlig‘ kitobda o‘limning zikrida bularni mufassal bayon qildim. Bu
yerda o‘lim haqiqatini bayon qilgumdur. Ruhiy bihisht va do‘zaxga ishorat
qilgumdurki, bularni har kishi bilmas. Ushbu ma’nidan
hadisi qudsiyda xabar
beribdurkim:
U’iddat li ibodiys-solihiyna mo lo aynun ra’at va lo uzunun sami’at va lo xatara ala
qalbi basharin.
Ya’ni: Tayyor qildim solih bandalarim uchun andog‘ nimarsalarnikim, hech ko‘z
ko‘rmagan va quloq eshitmagan, va hech kishining xotiriga kelmag‘on bo‘lg‘ay.
Bas, bu davlat va ne’matlar bihishti ruhoniyda bo‘lg‘usidur.
:
Dilning ich tarafidan
olami malaqut sariyga ravzana darcha- eshik ochilishiga hech shubha yo‘qtur- Va
kishigakim, ul ravzana ochiqtur, oxiratning saodati va
sharofatidin ravshan nasiba
basirat va mushohada tariqasi birla hosil bo‘lg‘usidir. Taqlid va eshitishga hojati
bo‘lmas. Chunonchi badanga bemorning saodati va shaqovati bo‘lurkim, ani sihat va
maraz atarlar. Sihatlikning sababi kam yemak va parxez tutmak va kasallikning sababi
- ko‘p yemak va beparhezlik qilmokdur. Munga o‘xshash mushohada birla ma’lum
bo‘lurkim, inson dili,
ruhida saodat ham, shaqovat ham bordur. Ibodat va ma’rifat
saodatning dorusi. Jaxd va ma’siyat - gunoxlar saodatni xarob qiluvchi zahri qotildur.
Bas, bu ilm bag‘oyat aziz va sharif ilmdurkim, ulamolar bu ilmdin g‘ofildurlar. Balki
ko‘pchilik bu ilmga munkirdurlar, ular bihisht va do‘zaxi jismoniyni bilurlar, va oxiratni
tanimoqda taqlid birla bilurlar. Ko‘pchilik odamlar ruh haqiqatini bilmaslar va bu so‘zlar
sharhini arabcha («Ihyo’») kitobimda chandon dalillar birla tahqiq qildim. Bu kitobimda
ham bir
muncha bayon qilgumdur.
Kishikim, ziyrak va dono bo‘lur, botinini ma’siyat , gunohlardan sof qilsa, bu ilmga
yo‘l topib, kori oxirat dilga sobit va mahkam bo‘lg‘usidur. Aksari
xalqning oxiratga iymoni
za’if va sustdir. Agar xohlasang o‘lim haqiqatidan andak fahm qilg‘aysan.
Bilgilki, odamda ikki ruh bordur. Birini ruhi hayvoniy atarmiz. Yana biri maloika
ruhlari jinsidan, ani ruhi insoniy dermiz. Va ruhi hayvoniyning manba’i yurakdurki, bu
go‘sht poradirkim, odamning chap yonida qo‘yg‘ondur. Va ruhi hayvoniy shunga
o‘xshashkim, tiriklik badan ichidagi xiltlardindur. Aning mijozi mo‘‘tadildur.
Va ruhi
hayvoniy o‘ruq, ya’ni zavarib otlig‘ tomirning harakati vositasi birla dimog‘qa va
hamma andomiga yetar. Va ruh hamma quvvat va his-harakatlarini ko‘tarib yurguchidir.
Vaqtiki bu ruhtomir va dimog‘g‘a yetsa harorati kamroq bo‘lub, mu’tadilroq bo‘lg‘usidur.
Ko‘z ul ruhdin quvvati basirat topar. Va quloq aningdin eshitmoqlik quvvatini kasb etar.
Balki hamma hislar ul ruxdin quvvat topar. Bas, ruhi hayvoniyning misoli chirog‘qa