www.ziyouz.com кутубхонаси
53
jon berur vaqtida alarning ranji benihoya bo‘lg‘usidur. Va dunyo firoqining ranji o‘lmak
birla zoyil bo‘lmas, balki ziyoda bo‘lurkim, do‘stlik dilning‘ sifatidur.
Dilga o‘lum yo‘l topolmas. Yana bir misol buldirki, dunyo orttirish odamlarga yengil
va muxtasar ko‘rinur. Va odamlar bilmaslar, bu ishdin ming ish paydo bo‘lur. Tamomi
umri anga sarf bo‘lg‘usidur.
Va Iso alayhissalom aytibdurlar: «Dunyo izlaguvchilarning holi sho‘r daryo
suvidan ichguchi holiga o‘xsharkim, harchand ichsa tashnaligi tobora ziyoda bo‘lur.
To o‘lmaguncha tashnaligi bosilmas».
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: suvga kirgan ho‘l bo‘lmay chorasi yo‘qtur.
Dunyoga bulg‘ongan kishi iflos bo‘lmay iloji yo‘qtur. Ifloslangan kishi kasal bo‘lmay iloji
yo‘ktur. Yana bir misol. Odamzod bu dunyoga kelibdur, ul kishiga o‘xsharki, mezbonga
mehmon bo‘libdurki, ul mezbon odati bo‘lg‘ayki mehmon uchun saroyini orasta qilg‘ay.
Oltin tabaklarda noz-ne’mat hozir qilib, kumush tabaqlarda ud va anbar kuydirib,
guruh, mehmonlarni chorlab, bir-bir kuzatgay. Ul kishi oqildurki, bu mehmonlik
odobini bilur. Bu taomlardin baqadr hojat tanovul aylab, bu xushbo‘ylardin o‘zini
muatgar qilib o‘z makoniga qaytar. Ul nodon va ablah kishilar gumon qilurlarkim,
bu tabaqlarni ham ketar vaqtlarda sevib Oltaylar.
Bas, dunyo ham munga o‘xshash karvonsaroydurkim, musofirlar uchun tayyor
qilibdurlar, tokim yo‘l ozig‘i Oltaylar. Va saroydagi ashyolarni tama’ qilmag‘aylar.
Yana bir misol. Dunyo ahlining dunyoga mashg‘ul bo‘lib, oxiratni esdan
chiqarishlari ul qavmga o‘xsharki, kema ichra daryo safarida jaziraga(orOlta)
yetgaylar, qazoyi hojat qilmoq va tahorat olmoq uchun kemadan chiqqaylar va kemachi
munodiy qilg‘ayki, orolda hech kishi uzoq qolmasin, kemaga kechikmasin. Va tahorat
olmokdin bo‘lak ishga ovora bo‘lmag‘aykim, kema tez vaqtda ketg‘usidur. Bas, bir
guruh ul orolda parokanda bo‘lg‘ay.
Guruhkim, tezlik birla tahorat olib, kemaga kirib,xush havo va loyiq makonda
o‘turg‘aylar. Va guruhekim, ul orolning ajoyib va g‘aroyiblarini, rango-rang qushlar ovozi
va la’li, marjon va bisotu naqshlarini tamosho qilib, kechikib, kemada joy topolmay,
xursand bo‘lmasdan, tor va qorong‘u yerda o‘tirg‘usidur. Yana bir guruhi nazzoraga
qanoat qilmay, ul oltinlardin ko‘plab olib, kemada o‘turg‘ali joy topolmaslar.
Kemada ul oltinlarning rangi o‘zgarib, ne’matlari badbo‘y paydo qilur. Bas,
pushaymon bo‘lur, aning ranj va azobini tortarlar. Yana bir guruhi ul orolning
ajoyiblarini tamosho qilmoq birla kemadan yiroq qolurlar va kema yurib ketar. Ul orolda
ba’zisi tashnalik va ochlikdan halok bo‘lur va ba’zisini yirtqich hayvonlar va darrandalar
halok qilur. Bas, avvalgi guruh mo‘‘min parhezkorlar misolidur. Oxirgi guruh kofirlar
misolidurkim, o‘zlarini va xudoyi azza va jallani va oxiratni unutib, harakatu
himmatlarini dunyo-boylik jam qilmoqg‘a qo‘yibdurlar. Va dillarini bu dunyo
muhabbatiga bog‘labdurlar.
Istahabbu hayata-d-dunya alla-oxirati. (Nahl, 107). Ya’ni: dunyoning muqabbatini, oxiratdagi abadiy hayotdan ziyoda ko‘rubdurlar.
Oradagi ikki guruh mo‘‘min va osiylar misolidurkim, asli iymonini salomat
saqlabdurlar. Va lekin dunyodan qo‘l yig‘mabdurlar. Ba’zilar ne’mati farovon birla
xushhol, xurram, baxtiyor va ba’zilar darvish va tangdastligidin xor bo‘lib
yasharlar.