www.ziyouz.com кутубхонаси
51
qilur. Bas, dunyo va oxirat haqiqati va dunyodagi farzlaringni taniding. Endi
bo‘lg‘aykim, dunyoning shox za shu’balarini tanig‘aysen. Vallohu a’lam.
FASL Mol-dunyo ofati bayonida Bilgilki, dunyoning bor mohiyati uch nimarsadin iboratdur. Avval ulki, ro‘yi zaminda
yaratilgan narsalarning asosi, umdasi, nabotot va ma’danlar, bularni mavolidi salosiy
(jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot) atarlar. Zaminning asli makon va ziroat qilmoq
uchundir. Va ma’danlar. chunonchi, oltin, kumush, mis va temir mehnat qurollari
yasamoq uchundur. Va hayvonot yemak va minmak uchundur va odamlar jon-dillarini
bularga mashg‘ul qilibdurlar Ammo donolar dilni dunyoga mashg‘ul qilmag‘aylar.
Va badanlarini saloh birla tutqaylar.
Va dilni dunyog‘a mashg‘ul qilmoqdan necha ofatlar paydo bo‘lurkim, halokatga sabab
bo‘lg‘usidur. Chunonchi, hirs, baxillik, hasad, adovat va mundin o‘zga ham. Va badanni
dunyo ne’matlariga do‘st tutkanidan keyin dil binosi vayron bo‘lur. Va ba’zilar hamma
himmatini dunyoga sarf qilurlar va dilning (ma’naviy) boyliklaridan ajralib, hayvonotga
yaqin bo‘lurlar.
Hunar va mashg‘ullukkim, odamga zarurdur, ul ham uchdur, chunonchi, dehqonchilik
va bofandalik (to‘quvchilik) va me’morlik. Bularning har birining shoxobchalari
bordur. Chunonchi, chig‘iriqchi va ip yigiruvchi va ba’zisi mahsulotni tamomiga
yetkurur. Chunonchi, to‘quvchi va tegirmonchi bularning chandon asbob va olatlariga
hojati tushar. Yag‘och, temir va mundin o‘zga ham.
Bas, odam hamma hojatini o‘zi tamom qilolmas. G’ayriga hojati tushgan sababdin
odamlar aro jamiyat paydo bo‘lur. Va ba’zilar o‘z haqqiga rizo bo‘lmay, bir-biriga
qasd qilurlar. Bu vajxdin yana uch sifatga hojat tushar. Biri saltanat va siyosat,
yana biri qozilik va hukumat, yana biri fiqhkim, muning birla siyosat va saltanat
qonunini xalqg‘a joriy qilg‘ay. Ushbu vajxdin dunyoning mashg‘uloti ko‘payib
odamlar rohi saodatni yo‘q qilurlar.
Bas, bu dunyoning asli uchdin ziyoda ermasdurkim, taom va maskan va libos -
bular badanni asramoq uchundir va badan dil uchundir. Bas, odam u dunyoga
ketishini o‘ylamay, o‘zini va Haq taoloni esdan chiqarur.
Bas, bu odamlar holi xaj niyatida yo‘lga chiqib, tuyasini semirtirmakka mashg‘ul
bo‘lub, karvondin ayrilib, o‘zini va Ka’bani va safar maqsadini esdan chiqarib halok
bo‘lg‘on hojilar holiga o‘xshar. Bas, dunyo va uning haqiqati ushbudurkim, aytildi. Va har
kishi bu dunyoda o‘zini musofirlardek tutmasa va himmati nazarini oxiratga mutavajjih
qilmasa, dunyo mashg‘ulotini hojatidin ziyoda lozim tutsa, bu dunyoni aslo
tanimag‘onidir.
Va bu bilmaslik sababi shuldurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim,
dunyo Xorut va Morutdin ham jodugarrokdur. Andin hazar qilinglar. Vaqtiki,
dunyoning jodugarligi ma’lum bo‘ldi, aning makr va firibini bilmak xalqg‘a farzdur.
Bas, dunyoning jodugarlig‘ini nechand misollar birla bildurgaymen.
:
Avvalgi misol. Bilg‘ilki, dunyoning jodugarligi uldurki o‘zini senga andog‘
ko‘rsaturkim, har ikki olamda senga vafo qilg‘ay va hamisha sening birla bo‘lg‘ay.
Ammo mundog‘ ermasdur. Balki kori doimo sendin qochish, beBakrlik va bevafolikdur.
Va lekin ohista harakat qiladurkim, dushmanligini senga bildurmas. Soyaga
o‘xsharkim, yaqin bo‘lmoqni xohish qilsang sendin qochar va lekin yirog‘ bo‘lgani
senga ma’lum bo‘lmas. Va ma’lumdurki, umring ham sendin qochar. Bexabarsen,
yaqindurkim, sening birla vido’ qilg‘usidur.