www.ziyouz.com кутубхонаси
58
g‘ayrat) tariqasi birla ul aslni bilg‘aysenkim, agar birovdan eshitsang, toqat
qilolmassen.
Va bisyor xalq Haq taoloning bu sifatini angladilar, bovar qilmadilar. Bu sifat odam
vujudida bor ekaniga nechuk bovar qilurlar. Balki ul sifat Haq taoloda mavjud, bor ekaniga
oyat va axodis ochiq-oydin dalolat qilmas. Fahmlariga sig‘mag‘on so‘zni xalq eshitsa
inkor qilg‘ay deb anbiyo alayhimussalom aytibdurlarki:
Kallimu-n-nosa ala qadri ‘uquvlihim. Ya’ni, insonga, aqli va fahmlariga sig‘adurg‘on so‘zni aytinglar.
Anbiyolardan ba’zilariga vahiy kelibdurkim, sifatlarimdan xaloyiqning fahmiga
sig‘maydurg‘onini bayon qilmanglar, fahm qilg‘undeklarini bayon qilinglar. Va agar fahm
qilmay inkor qilsalar o‘zlariga ziyon qilg‘usidur.
FASL Ruhning abadiyligi bayonida Bilg‘ilki,insoniy ruhning haqiqati qolipsiz, zotida qoyimdur. O’z zotining qiyomi va xos
sifatlari aslida qolipga hojati yo‘qdur. Va o‘lim ruh haqiqatini nobud qilolmas. Balki o‘lganning
ma’nosi - insoniy ruhning - qafasdan chiqishidur.
Xashr va ba’s va maodning ma’nisi ul emasdurkim, ruhni o‘lgandan keyin
tirguzgaylar. (Chunki, ruh o‘lmaydi.) Balki ma’nisi uldurki, ruhni yana qolipga keltirurlar.
Bu ma’no birlakim. nobud bo‘lg‘on badanni muhayyo va tayyor aylab, ruh tasarrufig‘a
kirgizurlar. Chunonchi, avval ham bu tariqa qilib erdilar. Haq taolo uchun avvalgidan
osonroqdurkim, ilgari ham ruh qolipini yaratib erdi, ioda vaqtida ruh boqiy va qolip
qismlari ham boqiydurlar.
FASL Vujud va ruh bayonida Bilg‘ilki, bu borada ba’zi fuqaxo va mutakallimlar odam o‘lmagi birla ruh ham ma’dum
(yo‘q) bo‘lur, undan keyin vujudga keltirurlar, deb o‘ylaydilar. Bu so‘z haqiqatga xilofdur.
Bas, kishikim bu mazhabga boribdur, ahli basirat emas, va ahli taklid demakka ham
yaramas. Agar ax/sh basiyrat bo‘lsa erdi, bilur erdikim, badanning o‘lmagi ruh haqiqatini
nobud qilolmas. Va agar ahli taqlid bo‘lsa, oyatlar va hadislar mazmunidin bilur ediki, odam
o‘lgandan keyin ruhyashayveradi. Insoniy ruh ikki qismdur. Sa’idlar (baxtlilar)ning va
shakiylar (baxtsizlar)ning ruhlari. Va sa’idlarning ruhi borasida Kur’onda kelibdurki:
Va lo taxzabanna - allaziyna qutilu fi sabilillohi amvotan bal ixya’un inda rabbihim yurzaquna. Farihiyna bimo atahumullohu min fazlihi. (Ol-i Imron, 169-170). Oyatning tafsiri: ul toifaki, haq yo‘lida o‘libdurlar, o‘lik gumon qilmagil, balki ular Haqtaolo
o‘z fazli karamidin ato qilg‘on ne’matlaridin bahramand (rizqli) va lutfu marhamati birla
bergan fazilatlaridan shod xursanddirlar.
Ammo kofir va shakiylar haqida ulki, Badr jangida o‘lgan kofirlarni jam’ qilib, bir
quduqqa tashladilar.
Hazrat rasuli alayhissalom ul quduq tepasiga borib, ul kofirlarning har birini otini aytib,