Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari



Tog’ay Murod xirgoyilari 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
TOG’AY MUROD XIRGOYILARI
 
(Alloh rahmat qilsin - Tog’ay Murod haqida maqolalar, suhbatlar) 
 
Dilmurod Quronov 
QALBLARNI LARZAGA SOLGAN 
XIRGOYI
 
"Hurriyat" gazetasi 
2007 
Tog‘ay Murodni shaxsan tanish, hamsuhbat bo‘lish nasib etmagan, lekin uni yozuvchi sifatida 
taniganimga ancha bo‘ldi. «Oydinda yurgan odamlar» qissasini o‘qiganimda ismsiz bir taassurot ichida 
qolganimni eslayman: mazza qilib o‘qiganim rost-u, birovga aytib bergudek voqeasi yo‘qdek edi-da!.. 
Qahramonlari ham binoyidek-u, insho yozganingda «Falonchiga o‘xshagim keladi» deydigan emas-
da!.. 
Bu yanglig‘ taassurotning sababini keyinroq angladim: adabiyotimiz yangilanayotgan payt ekan, 
Tog‘ay Murod shu yangilanishni boshlaganlardan biri, bizning adabiyot haqidagi tasavvurlarimizni 
yangilagan avlodning ilg‘orida borgan vakillaridan ekan... 


Tog’ay Murod xirgoyilari 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
2

«Otamdan qolgan dalalar» nafaqat dolzarb mavzusi, balki badiiy jihatlari bilan-da adabiyotimizda 
jiddiy voqea bo‘ldi. Asarning o‘ziga xos qurilishi, betakror ifoda yo‘sini, tildagi jozib ohang, samimiyat 
– bularning bari uning muvaffaqiyatini ta’minlagan asosiy omillardir. Bir suhbatda asar xususida so‘z 
borib, «Otamdan qolgan dalalar» janr e’tibori bilan romanmi?» degan savolni o‘rtaga qo‘ygan edim. 
Ha, janrning risoladagi talablaridan kelib chiqilsa, bu savolni qo‘yish asoslidek. Zero, roman markazida 
inson taqdiri turgan holda u tugal maqsad emas, romaniy qahramon dunyoni badiiy idrok etish, 
dunyo haqidagi, uning joriy holati haqidagi yaxlit badiiy kontseptsiyani shakllantirish va ifodalash 
vositasi, xolos. Shunga ko‘ra, odatda, romaniy qahramon – o‘z muhitiga sig‘mayotgan, muhit bilan 
ziddiyatga kirishgan, izlanayotgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Dehqonqulda esa bu xususiyatlar 
ko‘rilmaydi, u – kechagi kunini muhit izmida sassizgina yashab o‘tgan, endi kechmishini mushohada 
qilayotgan odam. Dehqonqulning to‘laqonli romaniy qahramon sifatida bo‘y ko‘rsatishiga rivoyaning 
birinchi shaxs tilidan berilgani monelik qilgan, ayni chog‘da, xuddi shu narsa asarda lirik ibtidoni 
kuchaytirgani ham yaqqol ko‘rinadi: asarning ko‘p o‘rinlarida voqeani tasvirlash emas, ularga 
munosabat bildirish maqsadi yetakchilik qiladi. Bularning natijasi o‘laroq, asarda lirik ibtido salmoqli
badiiy jihatdan belgilovchi o‘rin tutadiki, «Otamdan qolgan dalalar» nasrda bitilgan romanik 
xarakterdagi «poema»dek, «doston»dek taassurot qoldiradi. Asardagi ifoda yo‘sini hamda voqelikni 
badiiy idrok etish usulining xalq dostonlariga eshligi uning muvaffaqiyatini ta’minlagan qo‘shimcha 
omil emasmikin?! 
* * * 
...romanning maqsadi dunyo haqidagi, uning joriy holati haqidagi yaxlit badiiy kontseptsiyani 
shakllantirish va ifodalash, romaniy qahramon shuning vositasi dedik. Shunga tayanib, «Otamdan 
qolgan dalalar» janrning risolaviy talablariga javob berishiga shubha ham bildirdik. Boshqa tomoni, 
axir, unda voqelikni qalbidan o‘tkazib, uning ta’sirida tug‘ilgan kechinmalarini, munosabatini 
ifodalayotgan lirik qahramon — Tog‘ay Murodning o‘zi bor-ku?!. Dunyo bilan ziddiyatdagi, nasib etgan 
taqdiridan imkoni kengroq bo‘lganidan muhitga sig‘mayotgan, aniqrog‘i, elining bir asrdan ziyod 
muhit — mustamlaka tuzumiga sig‘may kelganini o‘zida namoyon etib turgan Tog‘ay Murodning o‘zi 
risoladagi romaniy qahramon emasmi?!. 
* * * 
«Otamdan qolgan dalalar»ni realistik asar deganimiz holda, unda realistik shartlilik darajasining 
yuqoriligi va bu narsa qat’iy realizm talablaridan jiddiy chekinishlarga olib kelganligini e’tirof etishga 
to‘g‘ri keladi. Bu nimalarda ko‘rinadi? Avvalo, vaqtning shartliligi: 20-yillarda es tanigan bolakay 60-
yillarda ham bolaligicha qoladi. Bugina emas, umuman asarda tasvirlangan (yoki eslatilgan, ishora 
qilingan) voqealar, tafsilotlar real xronologiyaga doim ham muvofiq kelavermaydi. Undagi qator 
obrazlar (masalan, ideologiya, kinochilar, mustamlakachilar...) realistik obrazlar sifatida emas, ko‘proq 
shartli, ramziy «maska» sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash, asarda haqiqiy familiyalari ostida 
harakatlanuvchi sho‘ro hukumatining taniqli arboblari (Poltoratskiy, Kolesov, Uspenskiy...), murakkab 
taqdir egasi polkovnik Chanishevlarning bitta hayotiy holat – Aqrab qo‘rboshining qo‘lga olinishi 
doirasida tasvirlangani ham shartlilikdan o‘zga emas. Bulardan ko‘rinadiki, asarda mustabid 
tuzumning tom ma’nodagi realistik obrazi emas, uning shartli obrazi yaratiladi: o‘quvchining ko‘z 
oldida insoniylikdan butkul mahrum yovuzlik timsoli gavdalantiriladi. Asarning umumiy ruhini, «xiyla 
keskin – tendentsioz» ruhini belgilagan bu kabi usulning (yovuzlik lagerining o‘ta shartliligiyu ezgulik 
lagerining hayotiy tasvirlanishi) ildizi ham aslida xalq og‘zaki ijodidan oziqlanadi... 


Tog’ay Murod xirgoyilari 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin