Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc


"Oydinda yurgan odamlar" ham hayotdir", deya asari haqida o‘z e'tirofini bitadi



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

"Oydinda yurgan odamlar" ham hayotdir", deya asari haqida o‘z e'tirofini bitadi. 
Bu o‘jar satrlar ohang va qat'iyati bilan Nitsshening "Esse HOMO" nomli tarjimai hol 
asarini yodga soladi. 
- Buyuklar doim o‘ziga o‘zi to‘g‘ri baho bera olgan. Menimcha, Tog‘ay shaxsida bu fazilat yo‘q 
emasdi. Ijodkor sifatidagi tabiatida ham. Bir qaraganda, bunday yondashuv bizning o‘zbekchilikka 
to‘g‘ri kelmaydigandek tuyuladi. Kamtarin bo‘lish kerak, degan nasihat quyilgan qulog‘imizga. Lekin 
hech bir ishni qoyillatmagan odamning pishqirig‘i boshqa-yu, Tog‘ay Muroddek katta yozuvchining 
e'tirofi boshqa. Men adabiyotshunos sifatida bemalol aytishim mumkinki, Tog‘ay Murod zamonaviy 
o‘zbek adabiyotida yangi tipdagi adib sanaladi. XX asr o‘zbek nasrini shartli ravishda bir asar desak, 
uning birinchi sahifasi Abdulla Qodiriy bilan ochilib, so‘nggi sahifasi Tog‘ay Murod bilan yopiladi. 
U o‘zini dilida "Zo‘rman!" deb o‘ylagan, tilida "Zo‘rman!" deb takrorlagan va amalda ham doim 
zo‘r bo‘lib qolishga tinimsiz intilgan. Tog‘ay yengil obro‘ ortidan quvmadi, yo‘qolib ketmaslik, 
shunchaki ko‘rinib turish uchun yozmadi. U kam, lekin zo‘r yozardi, matbuotda hikoyalari ketma-ket 
chiqqanini sezmaganman. Ijod mahsuli hajman ixchamgina. Lekin adabiyotda hajm asosiy narsani 
belgilamaydi. Yozgan tom-tom asarlari umri o‘zining umrichalik uzoq bo‘lmagan yozuvchilar oz emas 
adabiyot tarixida. Ba'zan hatto kuni kecha yozilgan kitoblari tugul, ijodkorlarining nomi yodimizdan 
chiqib qolayotganidan o‘zimizni noqulay sezamiz. "Ikki tiyinlik sham yonib bitguncha, ikki yuz misra 
she'r yozdim", deb maqtangan shoirga hazrat Navoiy: "Demak, o‘sha yozganlaringning qimmati ikki 
tiyin ekan", deb javob berganida qanchalar haq edi. Tog‘ayning har bir asari faqat qaymoqdan iborat, 
suvidan ham qaymoqning ta'mi keladi. U, agar xohlaganida, ikki tiyinlik sham yonib tugaguncha bir 
qissa bitishi mumkin edi, ma'naviy quvvati bunga yetardi. Lekin Tog‘ay "Yozuvchining dushmani 
yomon asarlaridir" degan naqlga amal qildi. Boshqalarni emas, hatto o‘zini o‘zi ham takrorlamadi sira. 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin