Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc


prototiplarini izlab topganlar ham bo‘lgan



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

prototiplarini izlab topganlar ham bo‘lgan. 
- Badiiy asar prototipi hayotda bo‘lishi tabiiy. Nimadir ta'sir qilganki, yozuvchini qo‘liga qalam 
olishga undagan. Avvalo, Tog‘ay Murod taqlidchilik bilan adabiyotda uzoqqa borib bo‘lmasligini o‘sha 
paytda baralla aytgan edi. Qolaversa, badiiy asarga maqolaga qaragandek munosabatda 
bo‘lmasligimiz kerak. Vaqt o‘tib, o‘sha prototiplar kimligini odamlar unutib yuboradi. Lekin "Momo Yer 
qo‘shig‘i" badiiy qiymatini yo‘qotmaydi, Pahlavon Dahosi bilan kitobxonlar ko‘ngliga yo‘l topaveradi. 
Bu asarning hayotda jiddiy bir o‘rni bor, deb o‘ylayman. U, nazarimda, yosh ijodkorlar ko‘r-ko‘rona 
G‘arb adabiyotiga, buning ustiga, bizning mintalitetimizga ko‘p ham singishmaydigan yo‘nalishiga 
mukkasidan ketishining oldini olishda o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. 
- Ayniqsa, globallashuv davrida asar qimmati yanada oshadigandek. "Qo‘shiq"qa 
muharrirlik qilgan Sulaymon Obloqulovga "Tursunning ayrim xislatlarini avvalo o‘zimdan 
olganman", degan ekan Tog‘ay Murod. "O‘zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi 1988 
yil 29 yanvar sonida chiqqan intervyusida ham "Otamdan qolgan dalalar" romani haqida 
shunday deydi: "Asarga sinchkovlik bilan qarasam, bir joyi kitobiy, bir joyi intellektual 
prozaga o‘xshab qolibdi. Bilib-bilmay G‘arb ohanglariga o‘ynagan joylarim ham bo‘libdi, 
yolg‘on-yashiqlardan syujet yaratib, qoyilmaqom qilib burab tashlabman. Faqat 
odamlarning ismi sharifi bizniki demasa, qolganlari, bilmayman kimniki... Qarasam 
oyog‘im yerdan uzilganday bo‘libdi". Suhbatimiz yana ijodkor shaxsi mavzusiga 
qaytyapti. Tog‘ay Murod o‘zining yutuqlarini emas, xatolarini ham ochiq ayta olgan ekan-
da. Qolaversa, Pahlavon Daholik kasali unda ham uch ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, adib 
vaqtida bu illatning oldini olgan ko‘rinadi. 
- O‘ylaymanki, adabiyotimizda o‘z tengqurlari ichida Tog‘aychalik Kafka va Kamyularni ko‘p va 
takror-takror o‘qigan, o‘rgangan adib kam topiladi. Lekin paradoks shuki, qancha ko‘p o‘qimasin, 
Tog‘ay o‘zini ular iskanjasiga tushib qolishdan asray bildi. Bir maqolasida u yaxshi yozuvchining "bir 
qo‘ltig‘ida Kafka bo‘ladi, bir qo‘ltig‘ida Kamyu bo‘ladi", deb yozgandi. Umarali Normatov bilan 
suhbatda Jeym Joysning mashhur "Uliss" romanini rus tilida hali e'lon qilinmasdan o‘qib chiqqanligini 
aytgan ekan. 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin