Tog’ay
Murod xirgoyilari
www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
TOG’AY MURODNING
KUNDALIKDA QOLGAN SATRLARI
Ilmiy-texnika taraqqiyoti haqida o‘ylar
O‘zbek adabiyoti... xalq og‘zaki ijodidan bino bo‘lgan. O‘z oti o‘zi bilan — og‘zaki ijod. Asar
og‘izda yaratilgan. Tilda yaratilgan. Asar og‘izdan til orqali chiqib, har yoqqa tarqab-tarqab ketgan.
Og‘izdan chiqqanni ko‘z bilan tutib bo‘lmaydi, tokchaga chiq(ar)ib bo‘lmaydi.
Birpasda havoga uchib
ketadi, so‘ng havoda yo‘q bo‘lib ketadi. Eshitgan eshitib qolgan, eshitmagan savodsiz qolgan.
Eshitganlarini yodda saqlab qololganlar ilg‘or, ziyoli bo‘lgan, eslab qololmaganlar avom xalq bo‘lib
qolgan. Shu boisdan ham o‘zbek xalq qo‘shiqlari, o‘zbek xalq
dostonlarini xizmati ulkan, beqiyos
bo‘lgan. O‘zbeklar ana shu qo‘shiqlar, ana shu dostonlarni eshitib... xalq bo‘lgan! Ulg‘ayib-o‘sgan, bir
joyga jam bo‘lgan... Aniq bir ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Keyin yozma adabiyot paydo bo‘ladi. O‘z oti o‘zi bilan yozma. Harflardan iborat adabiyot.
Satrlardan iborat adabiyot. Sahifalardan iborat adabiyot. Ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan
adabiyot, qo‘l
bilan ushlasa bo‘ladigan adabiyot.
Har bir asrni o‘ziga yarasha tsivilizatsiyasi bo‘ladi. Har bir zamonni o‘zibop tsivilizatsiyasi bo‘ladi.
Ammo asl tsivilizatsiya yozma madaniyatdan keyin keladi. Tom ma’nodagi tsivilizatsiya yozma
madaniyatdan paydo bo‘ladi.
Masalan, xalq baxshilari o‘z zamonlarini ilg‘or zotlari bo‘lgan, ammo ular o‘z
otlarini yoza
olmagan. Ya’ni o‘z fikr-mulohazalarini, dostonlarini yozma ravishda ifoda eta olmagan.
Ular kuylab
o‘tgan dostonlar(ni) eshitish dunyomizni nafaqat tuyg‘ular bilan boyit(a)di, nafis his-xayollar bilan
to‘ldir(a)di. Ruhiyatimizni go‘zal ham ezgu tuyg‘ular bilan sug‘oradi. Borlig‘imizni ma’naviy ham
madaniy barkamol etadi. Ammo bu tuyg‘ular havoyi tuyg‘ulardir. Bir lahzalik tuyg‘u, his-hayajonlardir.
Bu tuyg‘ular ko‘p
yashamaydi, bir lahzada yo‘q bo‘lib ketadi. Og‘izdan chiqqan tovush,
ovoz kabi
o‘chib qoladi. Ammo og‘zaki tsivilizatsiya... aql-zakovatni boyitmaydi, fahm-farosatni o‘tkir etmaydi.
Aqliy barkamollikka olib bormaydi. Belinskiy aytganiday "Poeziya — erkin inson so‘zida ifodalanadi,
so‘z esa —
ham kartina, ham aniq va ravshan aytilgan tasavvurdir".
Dunyoviy mantiq asosan... so‘zda o‘z aksini topadi. Ya’ni, harflarda(n bino) bo‘ladi. Qator-qator
harflarda(n bino) bino bo‘ladi. (Kitoblar ana shunday bino bo‘ldi).
Dostları ilə paylaş: