Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc


-Adibning asarlarini darslikka kiritilishida ham hissangiz bor, deb eshitamiz. Sizni



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

-Adibning asarlarini darslikka kiritilishida ham hissangiz bor, deb eshitamiz. Sizni 
bunga nima majbur etdi. Qolavesa,"Yulduzlar mangu yonadi" bolalarga nima beradi? 
- To‘g‘ri. Tog‘ay Murod ijodida nafaqat o‘quvchilar, balki hamma o‘rganishi lozim bo‘lgan yaxshi 
xislat, ibrat bo‘ladigan voqealar tasvirlariga keng o‘rin berilgan. Uning "Yulduzlar mangu yonadi" 
qissasi bolalarga oriyat, insoniylik, mardlik, insonlik sha'ni, yigitlik g‘ururini himoya qilishni, o‘sha 
g‘ururning chinakam bahosini bilishni singdiradi. Qissani boshlanishida yosh polvon Shukur 
kurashdagi raqibi Ermat bilan olishda yiqiladi. Asarning shu yerda ajoyib tasvir bor: 
"Shukurga alam qildi. Ermatga qo‘lini musht qilib ko‘rsatdi. 
- Sen bilan yanagi to‘yda olishaman ! - dedi. 
Ermat bakovul ro‘parasida o‘tirishi bilan bir talay bola chopib kelib yoniga cho‘kkaladi. 
Shukurga tarafkash bolalar bir-biriga so‘z bermay talashdi, bakovulga elandi: 
- Bova, Ermat polvon bilan meni olishtiring, u qalin oshnamni yiqitdi. 
- Yo‘q, Ermat polvon bilan men olishaman. Shukur xolamning uli! 
- Bova, Ermat polvonga meni chiqaring, Shukur bizning hamsoyamiz!" 
Ko‘rinib turibdiki, ushbu qissa bolalarda oriyat to‘yg‘usini shakllantiradi. Kishida o‘z yaqinlari, 


Tog’ay Murod xirgoyilari 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
14
xalqi, millati orini olishni, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Men bizning xalqimiz 
kurash bilan shug‘ullansin, kurashimiz xalqaro arenalarga chiqsin degan maqsadda emas balki 
yaqinlarimiz uchun javobgarlik hissini tuyishni o‘rganaylik deb shu to‘xtamga keldim. "Yulduzlar 
mangu yonadi" orqali bolalarimizda ana shunday hislarni shakllantirmoqchi bo‘ldim. Bu birinchi jihati. 
Ikkinchidan, uning kitoblari bolalarga o‘zbek tilini go‘zalligini namoyon etadi. Anovi tuxumdek 
silliq yozilgan asarlar voqealari qanday esimizdan chiqib ketsa, tili ham o‘quvchiga shunday yuqmaydi. 
Bu xildagi asarlar faqat xabar berish bilan cheklanib qolgan. Tog‘ay Murod asarlarining esa o‘z 
musiqasiga egaligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb qilayapti. U shunchaki til yoki axborot vositasi emas, 
balki musiqa vositasidir ham. Qolaversa, estetik funktsiyasi-da bor. Tog‘ay Murod prozasi she'r bilan 
bilan bitilgandek taassurot o‘yg‘otadi. Keyin Tog‘ay Murod asarlarida nafaqat tasvirlarni, qiyofalarni-
da ko‘rishimiz mumkin. Odatda biz harflarni harflarga qo‘shib ma'no chiqaramiz. Uning asarlarini 
o‘qiyotgan vaqtimizda, ya'ni harflarni harflarga qo‘shganimizda musiqa taraladi. Ana shu bitta 
so‘zning vazifasi muloqot vositasi bo‘lsa, Tog‘ay Murod so‘zga bir qator qo‘shimcha funktsiyalarni 
yuklay oldi. U so‘z musiqa bo‘lib yangraydi. U so‘z qo‘shiqdek qalblarni larzaga soladi. U so‘z rassom 
singari portret chizadi. Ya'ni so‘zlarning o‘zi bilan bilvosita ko‘ngilni o‘zgacha bir nurga to‘ldiradi.
Qissa oxirida Bo‘ri polvon oshnasi Nasim bilan xayolan gaplashadi. Uning har bir so‘zi ta'sir kuchi bilan 
insonni seskantiradi, hayajonga soldi. Ana shu so‘zlardan kelib chi³adigan g‘oyagina emas, balki 
ularning aytilish ohangi, Bo‘ri polvoninig ichki kechinmalarining berilish yo‘sini ham bir musiqiydir. U 
so‘z ma'nosi ham, ohangi ham o‘quvchini shunga bo‘lgan talabini qondiradi. Yana Tog‘ay Murod 
asarlari o‘zbekcha so‘zlarning ilohiy qudratidan saboq beradi. 
Qozog‘istondagi o‘zbek maktablari yozilgan 9 sinf darsligiga adibning "Ot kishnagan oqshom" 
qissasini ham kiritildi. Axir Tog‘ay Murodni darsliklarga kiritmaslikning sira iloji yo‘q-da. Negaki, bu 
asarlar shedever asarlar-da! Ziyodulla obrazi orqali insonning nozik kechinmalari, ziddiyatlari ochib 
beriladi. U kal bo‘lsa-da, ko‘nglining shu qadar nozikligi, g‘ururi shu darajada balandligi, erkakligi va 
atrofini o‘rab turgan kishilarning naqadar qallobligi, sotqinligi-yu qo‘rqoqligi qanday ifodalanganlini 
ko‘ring-a. "Ot kishnagan oqshom" qissasi dunyodagi adolat va adolatsizlik haqidagi go‘zal hamda 
dahshatli asar. Bu qissa adibning boshqa asarlari singari ezgulikka da'vat etadi, ezgulik va razolatning 
mangu kurashishdan bahs etadi. Tog‘ay Murod asarlarini o‘qisak millatimiz yuksalishiga, ma'naviyati 
balandroq, ko‘ngli tozaroq bo‘lishiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
Yana bir gap, 1999 yilda adabiyotshunos olim Umarali NORMATOV rahbarligida "XX asr o‘zbek 
adabiyoti" degan kitob chop etildi. Mazkur kitobda Tog‘ay Murod alohida ijodiy siymo sifatida berildi. 
Shundan buyon esa adib oliy o‘quv yurtlarida muntazam o‘qitilib kelinayapti. Ayni paytda Tog‘ay 
Murod ijodi yuzasidan hech bo‘lmaganda yilda bitta yoki ikkita diplom yozilmoqda...

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin