Tog’ay Murod xirgoyilari
www.ziyouz.com
кутубхонаси
15
- "Men qaytib kelaman" kitobining taqdimot marosimida "Tog‘ay Murodga bizning
oldimizda turibdi. Unga yetib olishimizga hali ko‘p qovun pishig‘i kerak", degandingiz.
O‘shanda nimalarni nazarda tutgangiz?
- Chinakam bitiklar insoniyat taqqiyotidan ilgarilab ketadi. Mana, Alisher
Navoiy bizdan olti yuz yil
ilgari yashagan bo‘lsa, u mantiqan jamiyatdan shuncha vaqt orqada qolib ketishi kerak edi. U
kompyuterni bilmaydi, mashinani ko‘rmagan, deganlariday va hakazo. Aslida, biz hali Navoiyga yetib
borganimizcha yo‘q. "O‘tgan kunlar"ni yaratilganiga sakson bo‘ldi. Kim bu asarni to‘la o‘zlashtiroldim
deya oladi? Shu ma'noda Tog‘ay Murodni biz tushinib oldik yoki u yashashdan to‘xtadi, deb
bo‘lmaydi. Uning
asarlari yashayveradi, keyingi avlodning o‘quvchilarini ham jalb qilaveradi,
yig‘lataveradi, kuydiraveradi. Nevaralarimiz, evaralarimiz,chevaralarimiz ham Tog‘ay
Murod asarlarini
o‘qib, o‘zbekligini his qilib, keyingi avlodlarga ham tavsiya etaveradi... Men shunday o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: