XX asrga kelib klassik fizikaning tuzilishi yakunlandi. Lekin uning qo'llanish chegarasining cheklanganligi ma'lum bo'lib qoldi. U faqat makroolam va megaolamlardagi jismlar, ya'ni o'lchamlari katta jismlarni xarakterlashi ma'lum bo'ldi. Mikroolamdagi zarralar uchun esa qo'llab bo'lmasligi ko'rinib qoldi.
Bu esa fizik protsess va hodisalarning klassifikatsion belgilari sifatida ularning tezliklari (energiyalari) va o'lchamliklarini olish mumkinligini ko'rsatadi.
Tezliklar bo'yicha fizik protsesslar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
Agar zarralarning tezliklari yorug' likning vakuumdagi tezligi tartibida, ya' ni ularning kinetik energiyalari zarralarning tinchlikdagi energiyalari bilan taqqoslanadigan darajada bo'lsa, bu protsesslar relyativistik protsesslarga tegishli bo'ladi.
tinchlikdagi energiyadan kichik bo'lsa, bu protsesslar norelyativistik protsesslarga tegishli bo'ladi.
Har bir klassifikatsion belgiga biror fundamental doimiy mos keladi. Yuqoridagi belgiga esa yorug'likning vakuumdagi tezligi mos keladi.Chegaraviy hol c da relyativistik mexanikadan klassik mexanikaga o'tiladi. Ushbu dalil moslik printsipining xususiy ko'rinishlaridan biridir.
Fizik hodisalarni ularga xos o'lchamliklar bo'yicha quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin:
Xarakterli o'lcham 100 mln yorug'lik yilidan katta bo'lsa, megaolam bilan ish ko'rilayotgan bo'ladi.
Atrof muhitni o'rab turgan jismlar oddiy ko'z bilan baholanishi mumkin bo'lgan o'lchamliklarga ega bo'ladilar. Ular makroskopik fizikaning predmeti bo'lgan makroolamni tashkil etadi.
Agar xarakterli o'lcham 10-8 m dan kichik bo'lsa, unga mos keluvchi hodisa mikroolamga tegishli bo'ladi. bunday hodisalarni kvant fizika o'rganadi.
Bu klassifikatsion belgiga Plank doimiysi mos keladi.
Atom, yadro va elementar zarralar yorug' likning vakuumdagi tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanadilar. Shu sababli ularning harakati relyativistik mexanika qonunlariga bo'ysunadi. Shuning uchun atom, yadro va elementar zarralar fizikasida relyativistik munosabatlar katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Zarraning tezligi yorug'likning vakuumdagi tezligidan juda kichik tezlikda harakatlangan vaqtida ega bo'lishi mumkin bo'lgan massaga zarraning tinchlikdagi massasi deyiladi. U t0 harfi bilan belgilanadi. Ushbu massaga Eynshteyn formulasiga muvofiq e0=m0c2 tinchlikdagi energiya mos keladi.
Zarraning harakati tufayli oladigan massasiga t relyativistik massa deyiladi. U tinchlikdagi massa bilan quyidagicha bog'langan: