Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Marketingning umumiy funktsiyasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: 
analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. 
Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini 
o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, 
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va 
tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi. 
Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar 
va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi. 
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, 
marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini 
tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z 
ichiga oladi. 
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning 
boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda 
marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini 
samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu 
tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu 
yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi: 
 iste'molchiga yo’naltirilganlik; 
 talabni prognozlash va shakllantirish; 
 qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi; 
 qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni 
boshqarish; 
 istiqbolga yo’naltirilganlik; 
 dasturli maqsadli yondashuv. 
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib 
beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin 
asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard 
natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini 
belgilab beradi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin