Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Tajriba (eksperiment) o’tkazish



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tajriba (eksperiment) o’tkazish - bu shunday tadqiqot o’tkazish uslubiki, 
nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar o’zgarishi bilan qolganlari 
o’zgartirilmas holatini saqlab qoladilar. 
Taklif - bozorga chiqarilgan mavjud yoki keltirilishi mumkin bo’lgan jami 
tovar miqdori va tarkibi. 
Taklif strukturasi - tovar turlarining umumiy hajmiga nisbatan hissasi. 
Taklif hajmi - mavjud tovarlarning umumiy yoki turlari bo’yicha miqdori. 
Taqchillik (tanglik) - xalq iste'mol tovarlari va xizmatlarning aholi talabini 
qondirish uchun etishmasligi. 
Talab - iqtisodiyotning aniq rivojlanishi sharoitida aholi tomonidan tovar 
olishga mo’ljallangan pul mablag’larining ma'lum miqdori. 
Talab va taklif qonuni - bozorning asosiy ob'ektiv qonuni bo’lib, bozorda 
talab bilan taklifning har tomonlama o’zaro mos bo’lishini taqozo etadi. 
Talab ko’rsatkichlari - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda etadigan 
belgalar, vositalar. 
Talabni baholash - umuman yoki aniq tovar bo’yicha talab hajmi, darajasi
o’zgarishini uning ko’rsatkichlari yordamida aks ettirish, taqqoslash va xulosa qilish 
jarayoni. 
Talabning darajasi - talab hajmining biror ko’rsatkich, belgi, mo’ljalga 
nisbatan qiyosiy ifodasi. 
Talabning tarkibi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro’yxati. 
Talabning strukturasi - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar va 
ularning hissalari. 
Talabning rivojlanish qonuniyatlari - talabning zaruriy ob'ektiv 
o’zgarishlarini aks ettiruvchi jarayonlar. 
Talabni prognoz qilish - talabning kelgusida bo’lajak holati va o’zgarishlarini 
ilmiy asosda oldindan aniqlash jarayoni. 
Talabning hajmi - ma'lum tovarga bo’lgan talabning natural birlik yoki 
so’mda ifodalangan umumiy miqdori. 
Talabni tahlil qilish - umumiy talabni tarkibiy qismlarga, elementlarga bo’lib, 
ulardan qiziqtirganlarini ajratib olib o’rganish jarayoni. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin