Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Tovar belgisi - -rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan va huquqiy himoya qilingan 
tovar markasi yoki uning bir qismi. 
Tovar birjasi - odatda yalpi ayirboshlanadigan namuna yoki nusxa bo’yicha 
sotiladigan tovarlarni olishsotishni amalga oshiradigan vositachi tashkilot. 
Tovarlarni intensiv (jadal) tarqatish - kundalik iste'mol tovarlarini mumkin 
qadar ko’proq joylarda tezroq sotish. 
Tovar iste'moli - sotib olingan mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish 
jarayoni. 
Tovar kafolati - tovarning iste'mol jarayonida ma'lum davr ichida o’z foydali 
funktsional xossalarini to’la saqlab qolishi bo’yicha olingan javobgarlik, mas'uliyat. 
Tovarlarni jalb etib tarqatish - avvaliga iste'molchilarda yangi tovarga talab 
shakllantirish, so’ng vositachilarni jalb etish. 
Tovarlarni zo’rlab tarqatish - ishlab chiqaruvchi tomonidan tovarni 
vositachilar noroziligiga qaramay o’tkazish. 
Tovarlarni selektiv tarqatish - tovarlarni tarqatishda ishtirok etishni istagan 
vositachilardan faqat ayrimlari jalb etiladi. 
Tovarlarni shaxsiy sotish - tovar sotish maqsadida bir yoki bir necha bo’lajak 
xaridor bilan suhbatlashib, tovarni og’zaki taqdim etish. 
Tovarlarni eksklyuziv tarqatish - ma'lum hududda ayrim tovarlarni tarqatish, 
sotish huquqi yagona bir vositachiga beriladi. 
Tovar markasi - bir ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tovarlarini umumlashtiruvchi 
va boshqalar tovarlaridan ajratib turuvchi nom, termin, belgi, tasvir, timsol yoki 
ularning birgalikdagi yaxlit shakli. 
Tovar narxi - ayirboshlashda tovar uchun to’lanadigan mablag’, pul miqdori. 
Tovar nomenklaturasi - assortiment guruhlar to’plami. 
Tovarning bozor ulushi - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar sotish 
umumiy hajmidagi hissasi. 
Tovarning mavqei - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste'molchilar ongi va 
ko’nglida tutgan o’rni. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin