4.2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
Chiziqli struktura;
Chiziqli-shtabli struktura;
Funktsional struktura;
Chiziqli-funktsional struktura;
Dasturli-maqsadli struktura;
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar,
avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq
qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha
masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining
masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb
ataladi.
Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud
bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi
aloqalardir.
Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy
aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning
ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi
qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar,
qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik va
boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Chunki:
norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo’g’inlari bilan kesishadi;
qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga
ta'sir ko’rsatadi;
norasmiy tizim o’zining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona
faoliyatining samarali tashkil qilishga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va
shunga o’xshash ko’rinishlarning sodir bo’lishi hech gap emas.
Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik
asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining
farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita
boshlig’ini "chetlab" murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex
boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa rahbarlikning
vertikal liniyasi va bo’ysunuvchilarga ta'sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li
ochiladi.