130
Qator gazetalar iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan rubrikalarda
firmalarning yillik hisobotlari bilan bir qatorda alohida mahsulotlar turlarining
chiqarilishi haqida materiallar, eksport bitimlari, aktsiyalarni sotib olish, firmalarning
qo’shilishi va tugatilishi haqidagi materiallarni nashr etadilar. Alohida nashrlar yoki
iqtisodiy jurnallar va gazetalarga ilovalar ko’rinishida chop etiladigan axborotlar
muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonda chiqariladigan davriy nashrlar ichida "Pul, bozor, kredit",
"O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnallari, "Soliq va bojxona xabarlari",
"Bank axborotnomasi" gazetalarini, shuningdek, "Prestij", "Optovik" kabi ilovalarni
ajratib ko’rsatishimiz mumkin.
Telekommunikatsiyaviy, shu jumladan, tarmoqli xizmatlar axborot
manbalarining alohida guruhiga kiradi. Firmalar haqidagi axborot ixtisoslashgan
ma'lumotlar banki ko’rinishida taqdim etiladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida
ancha vaqtdan beri tijorat maqsadlarida dasturli mahsulotni ishlab chiqarish va
sotishga ixtisoslashgan maslahat beruvchi, nashriyotchilik firmalari tomonidan
yaratiladigan ma'lumotlar banklari (bazalari) faoliyat ko’rsatyapti.
Foydalanuvchi axborotni ma'lumotlar bazasidan uni modem orqali uzatish yo’li
bilan, shuningdek, kompaktdisklarda, faks orqali, axborot konferentsiyalari va
forumlarda qatnashish yo’li bilan olishi mumkin.
Iqtisodiyot, biznes va marketing sohasida axborotlarni to’plash, ishlov berish
va taqdim etishga ixtisoslashgan amerikalik "Dun & Dradstreet" korporatsiyasi
dunyodagi eng katta ma'lumotlar bazasiga ega. Ma'lumotlar bazasining asosiy
mavzulari: AQSh kompaniyalari, ularning manzili, soha kodi, balans aktiv va passiv
moddalarining talqini haqidagi axborot va ma'lumotlar, mazkur sohaning
o’rtachalariga nisbatan moliyaviy ko’rsatkichlari, har bir sohaning etakchi
kompaniyalari bo’yicha xalqaro elektron ma'lumotnoma (90 ta mamlakat bo’yicha
200 mingdan ziyod ma'lumotlar), Amerikaning 60% dan ko’proq kompaniyalarining
tovarlari va xizmatlari haqida 8,5 mln. dan ko’proq ma'lumotlar.
Rossiyaning axborot bazalarini ishlab chiqaruvchilar o’rtasida Ishbilarmonlik
axboroti agentligi (IAA) ko’zga tashlanadi. U MDH va Baltika mamlakatlari
bo’yicha etakchi hisoblanadi. U har yili 10 dan ziyod geoinformatsion bazalarni
yangilaydi va aniqlaydi, to’rt tilda 350 nomli ishbilarmonlik ma'lumotnomalarini
chiqaradi, axborot ko’riklar-ma'lumotnomalarini va marketing tadqiqotlarini
o’tkazadi. IAA ga tegishli bo’lgan "Biznes-karta" ma'lumotlar bazasi sobiq SSSR
respublikalarining 110 mingta korxona, tashkilot va firma bo’yicha axborotga ega.
Dostları ilə paylaş: