132
Tayanch iboralar
Axborot, ma'lumot, axborot turlari, ichki va tashqi axborotlar,
marketing
axborot tizimi, axborot manbalari, marketing razvedkasi, ma'lumotlar banki, modellar
banki, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, internet, tijorat kanallari.
Asosiy adabiyotlar
1. Багиев Г.Л., Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов. 3-
е изд. /Под общ.ред. Г.Л. Багиева – СПб.: Питер, 2006.
2. Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по
специальности «Маркетинг» /А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов. 4-е изд.,
стер.- М.: Омега-Л, 2006.
3. Романов А.Н. Маркетинг, учебник. -М.: ЮНИТИ, 2005.
4. Qosimova M.S., Ergashxo’jaeva Sh.J., Abduxalilova L.T., Muxitdinova
U.S., Yuldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. -T.: O’qituvchi, 2004.
14-BOB. MARKETING MUHITI
14.1. Marketing muhiti
tushunchasi va mohiyati
14.2. Korxona mikro-muhiti
14.3. Korxona makro-muhiti
14.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar
bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish
va bu munosabatlarning
saqlanishiga bevosita ta'sir ko’rsatuvchi sub'ektlar va kuchlarning majmui
tushuniladi. Muhit doimiy o’zgarishda, ya'ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta'sir
ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va ularning
o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim
tadbir bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o’zgarishiga e'tibor bermaslik
yoki nazoratni susaytirish korxonaning va bozorning boshqa sub'ektlari
ishida juda
og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Odatda muhitlar
mikromuhit va
makromuhitlarga ajratiladi.
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor
doirasidagi omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy,
demografik,
geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va
boshqa xarakterdagi ta'sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari korxonaning faoliyati va uning
imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma
boshqaruvining nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash,
kadrlarni tanlash,
xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar
(segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash, raqobat kurashida
strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish.
Shunday qilib, mikro-muhitni o’rganish bozorning aniq sub'ektiga
nisbatan
qo’llanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa
133
marketing va bozor sub'ektlari, mamlakat va xalq iste'moli tovarlari sohalari uchun
umumiy ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: