Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-chizma. Marketing axborot tizimining modeli



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

22-chizma. Marketing axborot tizimining modeli 
 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish 
bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan: 
- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli; 
- marketing hisobotlari tizimi; 
- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar; 
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga 
oladi: 
1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish. 
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ 
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida 
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot. 
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni 
tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalangan holda). 
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni 
kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat. 
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing 
tadqiqotlari asosida olinadi. 
Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab 
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining 
o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki 
axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y 
berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi 
Talablar va ehtiyojlar 
Markеtologlar 
Axborot 
Markеtingning tashqi 
muhiti
Ichki manbalar 
Markеting 
tadqiqotlari
Markеting 
qarorlarining 
tahlili 
Markеting 
tеkshirishlar 
Maqsadli bozorlar 
Markеting kanallari 
Raqobatchilar 
Iqisodchilar 
Tahlil 
Rеjalashtirish 
Rеjalarni amalga oshirish 
Nazorat 
Tavisyalar 


127
ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha 
agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va xaridorlar etkazib 
berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham 
olish mumkin. 
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. 
Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa 
resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni 
tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga 
oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot 
tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda 
xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini olib 
borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida 
quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak: 
 mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi; 
 to’g’ri va egri xarajatlar; 
 chegaralangan foyda; 
 foydalilik nuqtasi; 
 narx chegirmalari. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin