1-variant 1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ehtiyoj – insonni yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat. Shaxsiy ehtiyojlar - kishilarning pirovard iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziqovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari - mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologic resurslar); 2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui); 3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar); 4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari). 2.Bozor, uning tarkibi, amal qilish mexanizmi Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi. Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - sotuvchi va xaridorlarning o ‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash; - sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi; - to‘lovga layoqatli bo'lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik. Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir. Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘Isa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bulaming barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilaming savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond biijalari, valyuta bozori, don biijalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir. Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib,ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlami taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo‘lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo‘lib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Eng awalo «bozor» va ≪bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o ‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarin qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash faza sini o‘z ichiga oladi. Бозорнингетукликдаражасигақарабривожланмаганбозор, классик (эркин) бозор, ҳозиргизамонривожланганбозорларгабўлинади. Бозорҳудудийжиҳатданҳамтурличабўлишимумкин. Булармаҳаллийбозорлар (Тошкентбозори, Самарқандбозори, Ургутбозори, Лондонбозори, Нью-Йоркбозори, Пекинбозоривабошқалар); миллийбозорлар (Ўзбекистонбозори, Россиябозори, Украинабозори, Англиябозори, Америкабозори, Хитойбозоривабошқалар); ҳудудий бозорлар (МарказийОсиёёкиОсиёбозори, ҒарбийЕвропабозори) ваниҳоятжаҳон бозори. Сотиладиганвасотиболинадигантовар, хизматтуригакўрабозорлар қуйидагитурларгабўлинади: истеъмолтоварларивахизматларибозори, ишлаб чиқаришвоситалариваишчикучи (ресурслар) бозори, валютабозоривафонд биржалари, илмийтехникакашфиётиваишланмаларбозори. Муомалагачиқадигансубъектларнингхусусиятигакўраулгурживачакана савдотўғрисидагапюритилади. 3. Jami taklif va unga ta’sir qiluvchi omillar Jami taklif deganda muayyan narxlar sharoitida real ishlab chiqarish mumkin boʻlgan tavor va xizmatlarni real hajmiga tushiniladi. Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarishni qisqartiradi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi oʻrtasida toʻgʻri aloqa mavjud. Demak narxlarning oʻsib borishi bilan mahsulotlar ishlab chiqarish oʻsib boradi. Pasayishi bilan tushib boradi.
Keynsian kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushiniladi. Chunki u toʻliq bandlik sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak gorizantal kesmada iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan sharoitda va katta miqdordagi resurslardan foydalanmagan sharoitini koʻrsatadi. Ushbu foydalanilmayotgan resurslarni narxlar darajasiga ta’sir koʻrsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oʻsib boshlasa, ishlab chiqarishdagi hech qanday vaziyat narxlar oshishiga ta’sir koʻrsatmaydi. Chunki uch-turt oy ishdan boʻsh yurgan ishchilar oʻz ish joylariga qaytishi natijasida maoshlarini oshirishni talab qilishmaydi. Shuningdek ishlab chiqaruvchilar oʻziga zarur boʻlgan resurslarni barqaror narxlarda sotib olishlari mumkin, ishlab chiqarish xarajatlari kupaymaydi. Demak mahsulotlar narxining oshishiga asos yoʻq. Ushbu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oʻzgarganda narxlar darajasi oʻzgarmas ekan. 2. Vertikal yoki klassik kesma egri chiziq boʻyicha oʻngga siljishi natijasida ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni koʻramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu nuqtasida oʻzining ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasida boʻladi. Bu shuni bildiradiki narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki iqtisodiyot toʻliq quvvatda faoliyat koʻrsatayapdi. Toʻliq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq narxlarni taklif qilish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo bunday holatda ayrim firmalar resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin, boshqalari esa yoʻqotadi. Natijada bu narxlar oshishidan mahsulotlar narxi oshishi mumkin, ammo ishlab chiqarishning real hajmi oʻzgarmay qoladi. Jami taklif egri chizigʻining vertikal qismida ikkita kamchilik mavjud; a) bu kesma klassik iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan qaralgan va toʻliq bandlik mi’yor deb qabul qilingan. b) “toʻliq bandlik” va “toʻliq bandlik sharoitidagi milliy ishlab chiqarishning real hajmi” -bu oʻzgaruvchan tushunchadir. Chunki ishchi kuni va ishchi kuchlari ayrim vaqtlarda mi’yordan oshib ketishi ham mumkin. 3. Oraliq kesma - ishlab chiqarish real hajminig oʻsishi narxlar darajasining oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Nima uchun? Chunki iqtisodiyotning iqtisodiy pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtish sharoiti noteks va turli vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa boshqa tarmoqlarda aksincha. Shuningdek ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eski asosiy vositalardan va malakasiz mutaxassislardan foydalanishga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarni oshishiga va natijada narxlar darajasining oʻsishiga olib keladi. Jami taklif egri chizigʻidagi bu uchta kesma ayrim iqtisodchilar oʻrtasida tortishuvlarga sabab boʻlmoqda. 4,Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma'lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.