Mantiqiy usul-mantiqiy operatsiyalar yordamida boshlang'ich so'zlardan bayonotlarni yaratish usuli.
Modellashtirish-bu modellar yordamida ob'ektlar va hodisalarni bilish jarayoni, ya'ni asl nusxani almashtiradigan va u haqida ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiluvchi ob'ektlar.
2-variant 1.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e ’tibor qaratilgan edi. arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishjiagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, lkkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyoj lari ga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.( boylik savdoda) Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o ‘laroq, boylik qishloq xo'jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g ‘oyani olg‘a surdilar. Fiziokratlaming ta’limoti bo‘yicha qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyandalari bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina savdoda yoki qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xo‘jalik sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar. Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri keynschilik maktabidir. 1936-yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, capital xarajatlar, iste’mol va jam g‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi. 2.Bozor iqtisodiyoti subyektlari Бозориқтисодиётисубъектларитаркибигатадбиркорларҳам, ўзмеҳнатини сотувчиишчиларҳам, пировардистеъмолчилар, ссудакапиталиэгаларивақимматли қоғозларэгалариҳамкиради. Одатда, бозорхўжалигинингбарчаасосийсубъектлари учтагуруҳгабўлинади: уйхўжаликлари, корхоналар (тадбиркорликсектори) вадавлат. Уйхўжаликлари— иқтисодиётнингистеъмолсоҳасидафаолиятқилувчиасосий таркибийбирлик. Уйхўжаликларидоирасидамоддийишлабчиқаришвахизмат кўрсатишсоҳаларидаяратилгантоварвахизматларистеъмолқилинади. Бозор иқтисодиётидауйхўжаликларимулкэгасиҳамдаишлабчиқаришомиллариниетказиб берувчиларҳисобланади. Иқтисодийресурсларнисотишданолинганпулдаромадлари шахсийэҳтиёжниқондиришучунсарфланади. Тадбиркорликсектори– бударомад (фойда) олишмақсадидаамалқилувчи иқтисодиётнингбирламчибўғинларидир. Уишюритишучунўзкапиталиниёкиқарз олинганкапиталниишгасолишнитақозоэтади, букапиталданолингандаромадишлаб чиқаришфаолиятиникенгайтиришучунсарфланади. Тадбиркорлартовархўжалигида товарвахизматларниетказибберади. Давлат— фойдаолишнимақсадқилибқўймаган, асосаниқтисодиётнитартибга солишвазифасиниамалгаоширадиган, ҳархилбюджетташкилотларивамуассасалари сифатиданамоёнбўлади. Шунингдек, баъзидарсликваўқувқўлланмалардабозориқтисодиётинингянабир алоҳида, мустақилсубъектисифатидабанкларажратибкўрсатилади.1 Банк– иқтисодиётнингмеъёрдаамалқилишиучунзарурбўлганпулмассаси ҳаракатинитартибгасолувчимолия-кредитмуассасаси. 3.Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi. Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi. Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (Nm) va mahsulotning muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, kartoshka narxi 500 so‘m bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning 400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor bo‘ladilar va hokazo. Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozomi ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.