1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/6
tarix20.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#132971
1   2   3   4   5   6
Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma'lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi. buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya'ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.

Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat.
"Aktiv" – faol, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag‘lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar - bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo‘lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan, va ulardan foydalanish kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir.
"Passiv" – nofaol, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish kabi so‘zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya'ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo‘lgan munosabatda o‘zboshimchalik (bemalollik)dan o‘zini tutishi kerakligi ta'kidlangan edi. Keyinchalik "passiv" atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo‘lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi.

5. Korxona xarajatlari va ishlab chiqarish tannarxi tahlilida foydalanadigan usullar




1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
– bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
– bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
– boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari:
– sotish xarajatlari;
– ma’muriy xarajatlar;
– boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
– foizlar buyicha xarajatlar;
– xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari;
– qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
– moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xomashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi.
Ushbu xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagicha tartibda guruhlanadi:
– ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
– ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
– ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
– asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
– ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Balans usuli o'zaro bog'liq va muvozanatli iqtisodiy ko'rsatkichlarning ikki guruhining nisbatlarini, nisbatlarini aks ettirish uchun ishlatiladi, ularning natijalari teng bo'lishi kerak. Misol uchun, siz mahsulot balansi, mehnat resurslari balansi yoki ishlab chiqarish quvvati balansini tuzishingiz mumkin.
Muayyan turdagi mahsulotlarga nisbatan xarajatlarni guruhlash usuli sifatida hisoblash ishlab chiqarish jarayonining har qanday bosqichida ishlab chiqarish xarajatlarining har bir tarkibiy qismini kuzatish imkonini beradi. Shuning uchun ishlab chiqarish birligining narxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirishning muhim qismidir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin