1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib


Yopiq va ochiq iqtisodiyot tushunchasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/6
tarix20.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#132971
1   2   3   4   5   6
4. Yopiq va ochiq iqtisodiyot tushunchasi
Har bir mamlakat koʻplab xalqaro iqtisodiy aloqalarga ega. Ya’ni, oʻzaro tovarlar, xizmatlar, axboratlar, kapital va ishchi kuchlari bilan ayirboshlashlardan iborat. Bunday aloqalarning rivojlanish darajasiga qarab iqtisodiyotning qay darajada ochiqligi aniqlanadi. Ochiq iqtisodiyot bu shunday iqtisodki, unda mamlakatning barcha fuqarolari xalqaro tovar va kapital bozorida oldi-berdilarni cheklanmagan holda
amalga oshirishlari mumkin. Yopiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmat va kapital oqimlari milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi hamda unda asosiy makroiqtisodiy ayniyat quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
U = S + I + G
Bunda,
U-milliy mahsulot, daromad.
S-uy xoʻjaligining oʻz mamlakatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga sarflangan iste’mol xarajatlari.
I-shu mamlakat ishlab chiqaruvchilarining oʻz mamlakati investitsiya tovarlariga xarajatlari.
G-davlat tomonidan oʻz mamlakati tovar va xizmatlarini xarid qilish.
Ochiq iqtisodiyotda mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar mavjud va u milliy iqtisodiyotda tovarlar va daromad xarakatida namoyon boʻladi. Asosiy iqtisodiy tenglikka qoʻshimcha koʻrsatkich kiritilsa, u quyidagi koʻrinishga ega boʻladi.
U = S + I + G +Xn
Bunda,
Xn- xorijliklarning shu mamlakat ichkarisida ishlab chiqargan tovar va xizmatlarga qilgan xarajatlari bilan xorijda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga ichki xarajatlar oʻrtasidagi, qisqacha aytganda eksport va import oʻrtasidagi farq.
Ochiq iqtisod - bu boshqa mamlakatlar bilan turli yo'llar bilan tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar savdosi. Ochiq iqtisodiyot mamlakat bozorini yopiq iqtisodiyot hech qachon qila olmaydigan darajada kengaytiradi. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari:
Ochiq iqtisodiyot quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
U boshqa mamlakatlarning qimmatli qog‘ozlarini, shu jumladan aksiya va obligatsiyalarni sotib oladi va sotadi.
Boshqa davlatlardan qarz olib, ularga qarz beradi.
U mamlakat tashqarisidan sovg'a yuborishi va qabul qilishi mumkin.
Fuqarolar boshqa mamlakatlarning ichki hududlarida erkin sayohat qilishlari yoki ishlashlari mumkin.
Yopiq iqtisodiyot o'zini-o'zi ta'minlaydi va mahalliy iste'molchilar mamlakat chegaralarida nima talab qilsa, ta'minlashga qaratilgan. Yopiq iqtisodiyotning xususiyatlari
U boshqa mamlakatlarga mahsulot yoki xizmatlar eksport qilmaydi va boshqa mamlakatlardan hech qanday tovar yoki xizmatlar import qilmaydi.
U boshqa mamlakatlarga aktsiyalar, obligatsiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa moliyaviy vositalarni sotib olmaydi yoki sotmaydi.
Yopiq iqtisodiyot boshqa davlatlar bilan savdo qilmaydi.
Yopiq iqtisodning oddiy fuqarolari boshqa mamlakatlarga mustaqil ishlash uchun bora olmaydi. Hech bir xorijlik yopiq iqtisodiyotning o'z hududida mehnat qilishi mumkin emas.
Yuqorida tavsiflangan sabablarga ko'ra, yopiq iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulot bir xil bo'ladi.
5.Asosiy vositalarni turkumlash va ularni baholash
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir, Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik maishiy xizmat, soglikni saklash, ta’lim va boshqa-larning asosiy vositalari kiritiladi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhdarga bo‘linadi:

  • foydalanilayotgan;

  • zaxirada turgan;

  • ishlamayotgan asosiy vositalar.

Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradotlya baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa kog berish yoki sotish to‘g‘risida Qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskiripshn::hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalarning quyidagi qiymatlasri mavjud:
1 boshlang’ich qiymat – bu asosiy vositaning xarid qilish qiymati va ushbu jarayonlar bilan bog’liq xarajatlar yig’indisi
2 Qoldiq qiymat – asosiy vositaning boshlang’ich qiymatidan hisoblangan eskirish summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi
3 qayta tiklangan qiymat – asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish takomillashtirish va capital tamirlash xarajatlarini uning boshlang’ich qiymatiga qo’shish orqali aniqlanadi
4 joriy qiymat – asosiy vositaning joriy holatdagi bozor bahosi
Assosiy vositani xarid qilish debit 0110 kredit 0820
Tekinga kelganda debit 0110-0190 kredit 8530

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin