Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-jadval. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

20-jadval. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi 
 
 Bozorga 
chiqish 
bosqichi 
O’sish bosqichi 
Yetuklik bosqichi Chiqish 
bosqichi 
Tovar Asosiy 
Nomenklaturasini 
kengaytirish 
Yangi tovarlarni 
bozorga kiritish 
Bozordan 
chiqish 
Baho Past, 
aksincha 
yuqori 
Narx oldingi 
fazadagiga nisbatan 
baland, yoinki uning 
yuqori darajasiga 
Chegirma va 
narxga nisbatan 
texnik harakatlar 
 
Talab holatiga 
mos keladi 


157
mos keladi 
Sotish Tovar 
tarqatish 
chegaralangan, 
bir segmentda 
kontsentratsiyal
angan 
Sotishni tez 
kengaytirish, yangi 
segment-larni topish 
Intensiv sotish 
Tovarni tanlab 
tarqatish 
Tovarni 
bozorga 
siljitish 
Ancha harakat 
talab etiladi 
Mumkin qadar 
maksimal harakat 
Foydaga mos 
ravishda 
harakatning 
kuchsizlanishi 
Tovarni 
bozordan 
chiqarish 
Servis Nazorat, 
mumkin qadar 
markazlashtirilg
an nazorat 
Nazorat, mumkin 
qadar markazlashti-
rilmagan nazorat 
Servis markazi 
tomonidan olib 
boiladigan nazorat 
Tovarni sotish 
uchun yangi 
imkoniyatlar 
yaratish 
maqsadida 
servisdan 
foydalanish 
 
16.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi 
Korxonaning raqobatchilari, texnologiya jarayonlari va iste'molchilarning 
didida bo’ladigan o’zgarishlar faqat mavjud tovarlar bilangina faoliyat yuritish etarli 
emasligidan dalolatdir. Iste'molchilar yangi va takomillashgan mahsulotlarni 
xohlaydilar va kutadilar. O’z navbatida raqobatchilar ham xaridorlarni shunday yangi 
tovarlar bilan ta'minlashga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har 
qanday firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish bo’yicha o’z dasturi bo’lmog’i 
kerak. 
Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qo’lga kiritishi mumkin. Birinchidan, 
yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning tovarini ishlab chiqarishga ruxsat 
beradigan patent va litsenziyalarni, nou-xaularni sotib olish yo’li bilan. Ikkinchidan, 
o’z korxonasida tadqiqot va ishlab chiqarish bo’limlarini tashkil etib, shular orqali 
ishlab chiqarishni amalga oshirish yo’li bilan. 
Yangi tovar - mahsulot, g’oya va xizmatlarning ma'lum bir potentsial 
iste'molchilar tomonidan "yangi" deb qabul qilinishidir. Mahsulot yangiligining bir 
necha bosqichlarini ko’rsatish mumkin (31-chizma). 
Yangi tovar ishlab chiqarish - original tovar yaratish, tovarning xususiyatini 
yaxshilash va uni modernizatsiya qilish, korxonanig o’z ilmiy-tadqiqot va loyihalash 
bo’linmalarini tashkil etib, ular orqali tovarning yangi markasini ishlab chiqarishdan 
iboratdir. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni quyidagi sakkiz bosqichni o’z ichiga 
oladi: g’oyani izlash, g’oyani tanlash, yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va 
uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili, tovarni ishlab 
chiqarish, tovarni bozorga chiqarish va tijorat uchun ishlab chiqarish. 
G’oyani izlash. Yangi tovarni ishlab chiqarish g’oyani izlashdan boshlanadi. 
g’oyani izlash sistematik ravishda olib borilishi kerak. Yangi g’oyani izlash asosan 
korxonaning ichki manbalari (yangi texnika bo’limi, tadqiqot laboratoriyasi, 
marketing bo’limi), iste'molchilarning, raqobatchilarning, ishlab chiqaruvchilarning, 
distribyutorlarning xohish-istaklarini o’rganish, ommaviy axborot vositalari 


158
ma'lumotlari asosida, g’oyalarni generatsiya qilishning maxsus uslublaridan 
foydalanib olib boriladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin