Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

5.4. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari 
Ijtimoiy-ruxiy usullarnnng asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma'naviy vaziyatga ta'sir etish yo’li bilan 
kishilarning fe'l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini 
qondirish orqali boshqarishni bildiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish 
jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy 
xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir. 
Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga 
qaratilgan: 
1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, 
harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. 
Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.


52
2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va 
namunali an'analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda 
jamoa ongini o’stirishga yordam beradi. 
3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini 
rag’batlantirish, umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy 
o’sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi.
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, 
chunonchi, uy-joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari 
va hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi. 
5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga 
murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni 
qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi. 
6. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan 
qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-
sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali 
bo’lishini talab qiladi. 
Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun 
boshqarish ob'ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday 
axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish lozim. 
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi: 
 jamoa a'zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati; 
 boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati; 
 jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
 xodimlar shaxsiyati;
 xodimlar qo’nimsizligi sabablari; 
 xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 
 jamoa a'zolarining ma'naviy va jismoniy ravnaqi. 
Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari 
bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va 
ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma'lum 
darajada birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. 
Ijtimoiy-ruhiy usullar "Boshqarish sotsiologiya"si va "Boshqarish 
psixologiyasi"ga asoslanadi. 
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro 
aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib 
toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim 
muammolarni ko’rib chiqadi. 
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va 
natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, 
ularni joy-joyiga qo’yiщda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda, xodimlarni 
rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda qo’llaniladi. 
Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa 
sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e'tibor, 


53
iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, 
qobiliyat, harakter va mijoz kiradi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin