Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Xarid qilingan materiallar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə47/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102

7.6. Xarid qilingan materiallar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish


Xom-ashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol etkazib beruvchilarga qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bilan birgalikda to’laydi. Mol etkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to’laydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo’yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi.
QQS ikki xil usulda hisoblanadi:
1) Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula buyicha aniqlanadi:
Sqqs = STob x SS / 100; (1).
Bunda: Sqqs – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS — qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi.
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo’shilgan qiymat solig’ini o’zichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tq x SS / (SS + 100); (2).
Bunda: Tq — qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Masalan, «Bobur» kompaniyasi mol etkazib beruvchilardan 200000 so’mlik material sotib oldi. QQS summasi quyidagicha bo’ladi:

  1. holat bo’yicha:

QQS summasi = (200000 x 20%) / 100% = 40000 so’m.

  1. holat bo’yicha:

QQS summasi = (200000 x 20%) / (100% + 20%) = 33333,(33) so’m.
Moddiy boyliklarni xarid qilish bo’yicha to’lanadigan QQSni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» hisobvarag’idan foydalanish ko’zda tutilgan.
Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» hisobvarag’idan 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» hisobvarag’iga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o’tkaziladi.
Misol. Korxona mol etkazib beruvchidan 100000 so’mlik material qabul qilib oldi. QQS - 20000 so’m. Jami – 120000 so’m. Ushbu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

  • sotib olingan material qiymatiga - 100000 so’m: D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 100000 so’m

K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 100000 so’m.

  • hisoblangan QQS summasiga - 20000 so’m:

D-t 4410-«Soliq bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 20000 so’m
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - 20000 so’m.

  • mol etkazib beruvchiga pul o’tkazib berilganida:

D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» -
120000 so’m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so’m.
Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so’mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so’mga teng:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin