Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Haqqoniy va xolis taqdim etish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
Haqqoniy va xolis taqdim etish. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarning turlaridan qat’iy nazar, sub’ektning moliyaviy holati, muomalalar natijalari, pul mablag’lari harakati haqida haqqoniy, xolis tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugatilganlik. Ishonchlilikni ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq va tugatilgan bo’lishi kerak, ya’ni hisobot tuzish sohasida joriy davrdagi hamma muomalalar hisobga olinishi va buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilishi va tugatilishi shart.
Izchillik. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o’zgarish yo’nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Moliyaviy hisobot bandlarini taqdim etish va tasniflash, agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning muomalalari mohiyatidagi va hisobotdagi shakllarni tahlil qilish tartibi yoki qonunda va atrof-muhitdagi jiddiy o’zgarishlar hisobotni taqdim etish turlarini o’zgartirish lozimligini taqozo etmasa, u holda davrdan-davrga saqlanib qolishi lozim.
O’z vaqtidalik. Ma’lumot o’z vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchilar uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin foydalanuvchilar ixtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy hisobotlarning foydaliligi pasayib ketadi. Hisobot ma’lumotlari asossiz kechiqtirilsa, u o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’ladi.
Offsetting (o’zaro qoplash). Aktivlar passivlar o’rtasida o’zaro qoplanishni amalga oshirish mumkin emas. Daromadlar va xarajatlar hisoblangan bo’lsa, shunga qaramasdan xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotlar izohida muhimlik qoidasiga asosan ushbu summani yoritish masalasini ko’rishi lozim.
Xolislik (ob’ektivlik). Moliyaviy hisobot sub’ektning moliyaviy ahvoli, faoliyatining moliyaviy natijalari va pul mablag’lari haqida xolis axborot berishi kerak. Xolislik qoidasiga erishish uchun har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi yuritishda va moliyaviy hisobot tuzishda BHMA va hisob yuritishning asosiy tamoyillarini qo’llashi lozim.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin