Microsoft Word muminalar ziyouz com doc



Yüklə 156,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/62
tarix09.02.2022
ölçüsü156,53 Kb.
#52306
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Mominalar silsilasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

20

yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Bo‘l!» deydi. Bas, u ish bo‘ladi» (Oli 



Imron surasi, 45-47-oyatlar). 

 

Muborak homila 

 

Kunlar o‘tdi. Maryam Allohning zikri va ibodatiga hamon mashg‘ul edilar. Bir kuni hech 



kimning iznisiz bir kishi kirib keldi. Bu kishi odam suratli Jabroil alayhissalom edilar. U 

kishini ko‘rganda Maryam qo‘rqib seskandilar, Allohdan panoh so‘radilar. «(Maryam 

unga): «Men Rahmonga (ya’ni, Allohga) sig‘inib sendan panoh berishni iltijo qilurman. 

Agar (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lsang, (menga ziyon yetkazmagin)», dedi. Jabroil aytdi: 

«(Qo‘rqmagin), men faqat senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) 

Parvardigoringning elchisidirman, xolos». (Maryam) dedi: «Menga odamzot tegmagan 

bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?!» (Jabroil) aytdi: 

«Shunday. Parvardigoring ayturki: «Bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar 

uchun oyat-mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmat-marhamat qilurmiz. Bu bitgan 

ishdir» (Maryam surasi, 18-21-oyatlar). Maryam jilbobi bilan chiqdilar. Jabroil 

alayhissalom yenglarini ushladilar va pufladilar. Allohning mo‘‘jizasi bo‘ldi. Maryam 

qalblarida bu sirni berkitdilar. Kunlar o‘tib, homilalari bilindi. Taqvodor Yusuf un-Najjor 

Maryamni ko‘rib: «Maryam iffatli, pokiza, bokira qiz edi-ku!» deb hayron bo‘ldi. «Ey 

Maryam, urug‘siz ekin, yomg‘irsiz daraxt o‘sadimi? Erkaksiz bola tug‘iladimi?» Maryam 

gap nima haqdaligini bilib dedilar: «Albatta Alloh taolo ekinlarni avvaldan urug‘siz 

yaratgan! Albatta Alloh taolo jannatdagi daraxtlarni yomg‘irsiz yaratgan! Albatta Odam 

alayhissalomni erkak-ayolsiz yaratgan!» Yusuf dedi: «To‘g‘ri aytding!» Bildiki, 

Maryamning homilalari Allohning mo‘‘jizalaridan biridir! 

 

Oylar o‘tdi. Maryamning tug‘ishlari yaqinlashdi. Alloh taolo dedi: «Bas, (Maryam) unga 



homilador bo‘lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. Bas, to‘lg‘oq azobi uni bir xurmo 

daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda ko‘zi yorigach), dedi: «Qani, 

mana shu (kundan) ilgari o‘lib ketsam-u, butunlay unutilib ketsam edi» (Maryam surasi, 

22-23-oyatlar); «Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: «amgin 

bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) 

xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin, 

shod-xurram bo‘lgin. Bas, agar odamzoddan birontasini ko‘rib qolsang (va u sendan bu 

bolaning otasi haqida so‘rasa), u holda: «Men Rahmon yo‘lida ro‘za tutmoqni nazr (ahd) 

qilganman, bas, bugun biron insonga so‘zlamayman», degin» (Maryam surasi, 24-26-

oyatlar). Maryam tinchlandilar, yedilar, ichdilar va bolani emizdilar. 

 

Kunlar o‘tdi, Maryam o‘zlariga kelib, yana quvvatlandilar, bolani ko‘tarib, qavmiga 



qaytdilar va albatta hamisha Allohning yordamiga suyanardilar. Qavm bu bolani bilib 

qolganidan keyin masxara qila boshladi. «So‘ng (Maryam bolasini) ko‘targan holda 

qavmiga kelganida ular: «Ey Maryam, (sen hech kim) qilmagan ajib ishni qilding-ku!» 

(Maryam surasi, 27-oyat) dedi ular. Ba’zilari: «Ey Horunning singlisi, sening otang 

yomon odam emas, onang ham fohisha emas edi-ku!» dedilar» (Maryam surasi, 28-

oyat). «Shunda (Maryam og‘iz ochmasdan bolasiga) ishora qildi (ya’ni, uning o‘zidan 

so‘ranglar, dedi). Ular aytdilar: «Beshikdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» 

(Maryam surasi, 29-oyat). Alloh subhanahu va taolo O’z qudrati bilan Maryamning 

pokligini isbot qilish uchun, bu bolaning otasiz yaratilishidagi Alloh taoloning mo‘‘jizasini 

ta’kidlash uchun bolaga nutq berdi. «(Shu payt chaqaloq, ya’ni Iso tilga kirib) dedi: 

«Men Allohning bandasidirman. U zot menga Kitob -Injil ato etdi va meni payg‘ambar 



Mo’minalar silsilasi. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

 

 




Yüklə 156,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin