Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim
balki umuman yanglishganimni anglab yetdim…» deb yozadi Nitsshe. 
1880 yilda Nitsshe Yevgeniy Dyuring qalamiga mansub «Falsafa kursi» asarini o‘qib 
chiqadi. Bu asar uning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nitsshega, ayniqsa, 
faylasufning koinotdagi barcha jarayonlarning davriy xususiyatga ega ekanligi, ularning 
doimo takrorlanib turishi to‘g‘risidagi fikrlari ma’qul keladi. Shu asosda o‘zining bu 
boradagi shaxsiy fikrlarini rivojlantiradi va «Mangu qaytarilish» haqidagi qarashlar 
tizimini ishlab chiqadi: «Hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum. Biz qachonlardir 
yana ayni vaziyatda uchrashamiz. Men yana xastalikda yashayman, siz esa yana mening 
nutqimdan hayratga tushasiz… Mening o‘lish-o‘lmasligim baribir emasmi, chunki hech 
narsa meni bu hayotdan uzoqlashtirmaydi ham, yaqinlashtirmaydi ham. Chunki har bir 
lahza yana qaytariladi, har bir daqiqa mangudir». 
Nitsshening quyidagi asarlari ma’lum: 
«Tarixning hayot uchun foydasi va zarari to‘g‘risida» (1874), «Shopengauer murabbiy 
sifatida» (1874), «Rixard Vagner Bayreytda» (1875-1876), «Erkin tafakkur sohiblari 
uchun qo‘llanma» (1876-1878), «Tong yallig‘i» (1881), «Zardusht tavallosi: «Har bir 
kishi va hamma uchun kitob» (1881-1885), «Quvnoq bilim» (1882), «Yovuz 
donishmandlik: hikmatlar va dono so‘zlar» (1882-1885), «Axloqning
 
mohiyati» (1887), 
«Hokimiyatga intilish»
 (Mazkur asar 1906 yilda chop etilgan). Nitsshe 1889 yilning 
boshida aqldan ozadi va oradan bir yil o‘tgach, vafot etadi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
218

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin