Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
92
Kulfat tashqaridan kelmaydi, u bizning o‘zimizda, ich-ichimizdadir.
* * *
Ezgulikning hadisini olgan odam uni unutib qo‘yishi, esidan chiqarishi mumkin emas.
* * *
Zohiriy nuqsonlar xavfli emas. Zero, bemorlarning dardi tashqariga yorib chiqqandan keyingina
ular sog‘aya boshlaydilar. Shuni unutmangki, atrofdagilar uchun xasislik, shuhratparastlik kabi
illatlarning inson botiniga yashirinib olishi va buni hech kim sezmay qolishidan ham halokatliroq xavf
yo‘q.
* * *
Ko‘pchilikka nafi tegadiganlarni va o‘ziga o‘zi foyda keltiruvchilarni «yashayapti» desa bo‘ladi.
Harakatsizlikda qotib, o‘zini panaga oluvchilar uchun esa uylari go‘yo tobutdir. Siz bunday odamlar
yashaydigan uyning ostonasiga marmar taxtacha o‘rnatib, ularning ismini yozib qo‘ysangiz ham
bo‘ladi. Chunki ular o‘limidan avval o‘lganlardir.
* * *
Buni qarang: g‘am-g‘ussada ham shuhratparastlik nishonasi bor ekan! Chunki biz g‘am-qayg‘uga
bo‘ysunmay, hasratimizni ko‘zyoshlar orqali ko‘z-ko‘z qilamiz.
* * *
Kichik qayg‘u kishini so‘zlatadi. Kattasiga esa so‘z yo‘q.
* * *
Xavotirga tushgan odam o‘zini boshqara olish qobiliyatini yo‘qotadi.
* * *
Faqat aql-idrok osoyishtalikni ta’minlay oladi.
* * *
Hech bir narsa o‘z-o‘zidan illatga aylanmaydi.
* * *
Ozga qanoat qilgan me’da ko‘p narsadan ozod bo‘ladi.
* * *
Har qanday pastqam yerdan ham osmonga ko‘tarilish mumkin.
* * *
Biror narsani yo‘qotishdan dahshatga tushish — judolik g‘amini chekish bilan barobardir.
* * *
Har qanday lazzat xavf-xatarni kuchaytiradi.
* * *
Ezgu ishning mukofoti — uning amalga oshishidadir.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
93
Mavhumlikdan ko‘ra ortiqroq azob yo‘qdir.
* * *
Falokat yuz bergan chog‘da qaltis qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
* * *
Haddan ortiq shodlik ham insonni ezib yuboradi.
* * *
Yoshlik chog‘da ilm olib, keksayganda esa ana shu ilmdan zavqlanib yashamoq eng to‘g‘ri yo‘ldir.
* * *
Hech narsa bilmagandan ko‘ra keragidan ortiq bilgan afzalroq.
* * *
O’rgatish asnosida o‘rganaman.
* * *
Xafagarchilikdan qutulishning eng yaxshi yo‘li kechirishdir.
* * *
Bir so‘zlasang, o‘n bor tingla.
* * *
Har bir gapni o‘zgalarga so‘zlashdan avval o‘zingga ayt.
* * *
Elga bosh bo‘lishni istasang, o‘zingda aql-idrok hukmronligini ta’minla.
* * *
Insonlardagi havas ular o‘zlarini qanchalar baxtsiz sezishlaridan darak beradi. O’zgalarning xatti-
harakatlariga muntazam diqqat qilish esa zerikishdan dalolatdir.
* * *
Insonning fe’l-atvorini arzimas mayda-chuydalar orqali bilib olish mumkin.
* * *
Buyuk taqdir buyuk qullikdir.
* * *
Hamma to‘g‘ri yashash haqida emas, uzoq umr ko‘rish haqida qayg‘uradi. Vaholanki, to‘g‘ri
yashash hammaning qo‘lidan keladi, uzoq umr ko‘rish esa hech kimga nasib etmaydi.
* * *
Qachonlardir yuz beradigan baxtsizlikni o‘ylab, o‘zini doimo baxtsiz his etish ahmoqlikdir.
* * *
Donishmand boylik qurshab olganda qashshoqlik haqida har vaqtdagidan ko‘proq o‘ylaydi.