Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


shahrida tug‘ildi. Avgustin ulg‘aygach, Karfagendagi notiqlik maktabida uch yil davomida



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

shahrida tug‘ildi. Avgustin ulg‘aygach, Karfagendagi notiqlik maktabida uch yil davomida 
tahsil oldi. Ana shu vaqt ichida u Sitseronning falsafiy qarashlarini katta qiziqish bilan 
o‘rgandi. 
Avgustin 375 yildan boshlab 8 yil davomida notiqlik san’ati bo‘yicha talabalarga saboq 
berdi. 
384 yilda u Italiyaga yo‘l oldi va Milan shahridagi notiqlik maktabida muallimlik qildi. 
Bu yerda nasroniylik diniga kirib, uni chuqur o‘rganishga kirishdi. 388 yili Avgustin 
Afrikaga qaytib, oradan uch yil o‘tgach, o‘zini butkul diniy ilmlarni o‘rganishga 
bag‘ishladi. Va ko‘p vaqt o‘tmay Gippon shahrining yepiskopi Valeriy homiyligi ostida 
ruhoniylikni qabul qildi. 
395 yil yepiskop Valeriyning o‘limidan so‘ng Avgustin Gippondagi yepiskoplik 
kafedrasiga yetakchilik qilib, 34 yil — umrining so‘nggi damlarigacha shu yerda ishladi. U 
tinmay mutolaa qilar va shunga yarasha o‘ta ma’rifatli, bilimdon edi. 
Avgustin o‘zidan juda boy ma’naviy meros qoldirdi. Faylasuf 75 yoshiga qadar umumiy 
hajmi 232 ta kitobga jo bo‘lgan 90 ta traktat yozib ulgurdi. Bulardan atigi o‘ntasigina 
bizga qadar yetib kelgan. Mashhur qomusiy olim Isidor Sevilskiy (570-638) Avgustin 
haqida shunday deb yozgan edi: «Avgustin tafakkuri va bilimi jihatidan hammadan 
ustundir. 
Chunki hatto kechasiyu kunduzi harakat qilgan taqdirda ham hech kim uningdek ko‘p 
yozolmaydi va o‘qiyolmaydi». 
* * * 
Avgustindan so‘radilar: 
— Mo‘‘jiza bor narsami? 
Bor narsa, — deb javob berdi faylasuf. — Quyoshning chiqishi haqiqiy mo‘‘jizadir. 
* * * 
— Men Xudoni va ruhni anglashni istayman, — dedi Avgustin. 
— Yana nimani xohlaysan? — deb so‘radilar. 
Boshqa hech narsani, — dedi donishmand. 
* * * 
Kulfatlar bilan keluvchi ayni bir kuch yaxshi odamlarni sinaydi, tozalaydi va saralaydi, yovuz 
kimsalarni esa elakdan o‘tkazib, xarob etadi. 
* * * 
Olovning g‘aroyib sifatlarini kim tushuntirib bera oladi? Nega endi u o‘zi yorug‘ bo‘laturib, domiga 
tushgan narsalarni qoraytirib yuboradi? Yoki gulxanda toblangan toshlarning oqarish sababini qanday 
izohlash mumkin? 
* * * 
Ey Tangri, sen inson jismiga uni harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi jonli ruh ato etding. 
* * * 
Biz hayotni yashayotganimiz uchun emas, uni anglay olganimiz uchun sevamiz. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin