Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
192
Bunday xulosa bema’ni xulosadir. Chunki bu qismlar barcha qismlar
birgalikda olinganda kelib
chiqadigan umumiy xulosaga nisbatan butunlay boshqacha tabiatga ega bo‘lishi mumkin.
* * *
Ijodkor va ijod ayni bir narsaning o‘zidir. Bir butun narsa o‘z qismlari yordamida mavjud
bo‘lganidek, qismlar ham ana shu bir butunlik asosida yashaydi.
* * *
Qarama-qarshi tomonning biri ikkinchisining inkori emas, balki eng kichik tasdig‘idir.
* * *
Sabab va oqibat – mazmuni boshqa tushuncha bilan
munosabatdagina ochiladigan, faqat biri
boshqasidan kelib chiqib mavjud bo‘la oladigan ikki tushuncha. O’g‘ilning sababchisi – ota, o‘g‘li
tufayligina «ota» degan nomga erishgan. Agar o‘g‘li bo‘lmaganda u ham ota bo‘lmasdi. O’g‘il
shuning
uchun o‘g‘ilki, uning otasi bor. Ota shuning uchun otaki, uning o‘g‘li bor.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: