Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi:
«Hokimiyatga intilish», «Barcha qadriyatlarni qayta baholash», «Odamlarning yangi
nasli», «Mallarang dog‘ulilar», «Oliy inson».
Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o‘z aniq-ravshanligi
bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo‘lgan yagona faylasuf edi.
* * *
Kimdir bizdan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, bu ishni o‘ta mohirona bajarmog‘i kerak. Aks holda, biz
o‘zimizni aybdordek noqulay his etamiz.
* * *
Har qanday haqiqat – egri. Chunki vaqtning o‘zi ham bir doiradir.
* * *
Men kitoblarimni doim butun jismi jonim va hayotim ila yozdim. Sof ruhiy muammolar neligini esa
bilmayman.
* * *
Inson ham xuddi daraxtga o‘xshaydi. Daraxtlar yuksaklik, yorug‘lik sari qanchalik ko‘p intilsalar,
ildizlari yer qa’riga, qorong‘ulikka – tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi.
* * *
Mangulikka daxldor bo‘lish uchun ba’zan hayotni qurbon qilishga to‘g‘ri keladi.
* * *
Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u
ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi.
* * *
Inson o‘zga kishi oldida ayblariga iqror bo‘lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o‘zga kishi uning
ayblarini yodida saqlab qoladi.
* * *
Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko‘ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil
erkaklarga nisbatan kamroq.
* * *
Shunday qoida mavjudki, biz uning vositasida insonning hayotini tortib olishimiz mumkin. Biroq
insondan uning o‘limini tortib olishga imkon beruvchi qoida mavjud emas.
* * *
Shuhratparast odam uchun o‘zgalarning fikri emas, balki o‘zining boshqalar fikri to‘g‘risidagi
mulohazasi muhimroqdir.
* * *
Olijanoblik xushfe’llik va haddan ortiq ishonuvchanlik omixtasidir.
* * *
Hamdardlik dard chekishdan ko‘ra azobliroqdir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
219
* * *
Isyon – qul uchun shon-shavkat.
* * *
Sen uni o‘z tarafingga og‘dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o‘zingni dovdirayotgandek tut.
* * *
Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o‘tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish
uchun jamlashga bo‘lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o‘xshatish mumkin. Tosh
kelib tushgach, birinchi doira kichik bo‘ladi, keyingilari esa o‘z-o‘zidan kattalashib boradi.
* * *
Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir.
* * *
Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo‘la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va
yolg‘izlikdagi sayrlar.
* * *
Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo‘lmasin, haqiqatni
izlaymiz.
* * *
Qachonlardir hamma narsa o‘z nihoyasiga yetadi. Shunda – menga ko‘rish nasib etmaydigan olis
kunlarning birida — kitoblarimni qo‘lga olib ochishadi va o‘z o‘quvchilarim paydo bo‘ladi. Men ana shu
muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g‘oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak. Hozir
kurasholmayman – mening hatto dushmanim ham yo‘q.
* * *
Meni yaxshi o‘qishni o‘rganing!
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |