Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
34
«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot.
— Har
bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men
olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim
birinchi navbatda
shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning
bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan?
Inson qay
tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?»
Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni
anglash uchun butun borliq,
fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».
* * *
Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin
Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan
uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
—
Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda.
... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning
o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.
* * *
Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi.
Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu,
sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?»
* * *
Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga
erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv
quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, —
Ksantippa avvaliga
momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad
Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga:
— Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen
g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku!
— Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi
faylasufga javoban Alkiviad.
— Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot.
* * *
Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan
chavandoz har qanday
tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish
vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman.
* * *
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining
toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: