Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
77
* * *
Hukmdorning qudratli, shavkatli bo‘lishi, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatishi va zaiflik, xavf-xatar,
sharmandalikdan yiroq turishining eng oson yo‘li qanday? — degan savolga Syun-tszi shunday javob
beradi:
— Buning uchun hukmdor o‘ziga munosib vazir tanlay bilmog‘i lozim.
* * *
Orxideya guli o‘ziga yarasha xushbo‘y. Agar u peshobga botirib olinsa, komil inson unga yaqin
yo‘lolmaydi. Oddiy odamlar esa uni chakkalariga taqmaydilar.
Bu hol orxideya gulining hidi bilan emas, balki u botirib olingan peshobning
jirkanchligi bilan
izohlanadi. Shu bois komil inson pokiza joyda yashab, ilmli kishilar bilan do‘stlashadi, shu yo‘l bilan
o‘zini yolg‘on va pastkashlikdan ihotalab, rostgo‘y va to‘g‘ri odamlar bilan yaqinlashadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: