Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
2
HAZRAT SULAYMON
(Taxminan miloddan avvalgi 960-935 yillarda hukmronlik qilgan)
Hazrat Dovudning o‘g‘li. Iudeya va Isroil davlatiga hukmronlik qilgan. Quddus
shahrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan
zavqlanishgan. U o‘zining o‘tkir aqli va g‘ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuhrat qozongan.
* * *
Rivoyatlarda
aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan
so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida
uzukdagi ana shu hikmatli
bitikni o‘qib, taskin topgan.
Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi.
Sulaymon g‘azab
bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida
ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib, uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni
o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: «Bu ham o‘tib ketadi», — degan yozuvlar bor edi.
Sulaymon
achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi.
* * *
Avlodlar kelib-ketaveradilar, Yer esa abadiy qolaveradi.
* * *
Donolik ortganda qayg‘u ortadi, bilimning ko‘payishi esa g‘amginlikni ko‘paytiradi.
* * *
Ba’zan kulganda
ham yuraklar zirqiraydi, qyvonch esa qayg‘u bilan yakun topadi.
* * *
Men dovyuraklikdan ko‘ra donishmandlik afzal degan o‘yda edim. Ammo kambag‘alning
donoligidan nafratlanishar va uning so‘zlarini tinglamas ekanlar.
* * *
Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan.
* * *
Aqlli odam kulfatni oldindan ko‘radi va o‘zini panaga oladi. Tajribasizlar esa olg‘a
yurib
jazolanadilar.
* * *
Shunday yo‘llar borki, ular insonga to‘g‘ri ko‘rinadi. Ammo bunday yo‘llarning nihoyasi — o‘lim.