Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Gar desangkim, tushmasin xirqangg‘a rasvolig‘ o‘ti,
Bo‘lmayin rindi xarobotiy bila hamroh, qayt. 
Dayr piri ilgidin zunnor belga bog‘labon, 
But qoshinda qilmas ersang sajda, beikroh qayt. 
Rindu ra’nolig‘ agar ko‘nglung tilar bu ko‘y aro,
Juz fano yo‘qtur sanga, topilmas ul dilxoh, qayt. 
Sen riyog‘a o‘rganib sen, foni’ o‘lmoq sa’b erur,
Dayr aro kirsang, pushaymon bo‘lg‘asen nogoh qayt. 
Har dam uchqunluq tutunlar birla ko‘nglum shu’lasin,
Necha fosh etkaysen og‘zimdin chiqib, ey oh, qayt. 
Soqiyi mahvash elidin ichmisham jonbaxsh may,
Bu taraf yuzlanma emdi, ey g‘ami jonkoh, qayt. 
Olam ahli bevafodurlar, alarning maylidin,
Ey ko‘ngul, bo‘lsang vafo oyinidin ogoh qayt. 
Ne ishinga e’timod etkay Navoiy, ey pariy
Kim, dame yuz qatla gah kel dersen ani, goh qayt. 
80 
Ko‘nglumni qildi shifta bir mahjabin yigit
Kim, xalq aro aning kebi yo‘q nozanin yigit. 
Donish eliga solg‘uchi toroji aqlu xush,
Islom eliga qilg‘uchi yag‘moyi din yigit. 
Urdu so‘ngincha it kebi sargashtamenki, bor
Yorim sipoh ofati xirgahnishin yigit. 
Din ahli ichra ming qariyni aylading asir,
Kufr ahli ichra men kebi bormu ekin, yigit? 
Ul notavon qarig‘a ne mumkin qaroru sabr
Kim, olsa dinu jonig‘a ko‘rguzsa kin yigit. 
Lutf ayla qarilarg‘a desangkim uzun yashay
Kim, qarimas ayon qilibon yuzga, chin yigit. 
Kuysang, Navoiyo, ne ajab, xas kebiki, bor
Sevgan kishi uzori guli otashin yigit. 
81 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Ey ko‘ngul, ko‘yida ahvolimni jononimg‘a ayt,
O‘lmakimni mehnati hijronida jonimg‘a ayt. 
Oh dudi, ashk qoni, nola maddi rif’atin
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimg‘a ayt. 
Ishqining yuz ming balosinkim yoshurdum xalqdin,
Yig‘labon ul voqifi asrori pinhonimg‘a ayt. 
Eyki, ko‘rdung ko‘yida ko‘nglumni ishq etgan xarob,
Xonumonimnn aloxonu alomonimg‘a ayt. 
Telbarab tandin libosi ofiyatni tashlabon,
Dasht tutqan holni Majnuni uryonimg‘a ayt. 
Bo‘lma dersen, nosiho, husn ahlig‘a hayronu zor,
Mendin o‘tkil, ko‘ngul otlig‘ zori hayronimg‘a ayt. 
Va’dasi ummididin bukim Navoiy berdi jon,
Ey sabo, Iso nafaslik ahdi yolg‘onimg‘a ayt. 
82 
Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg‘a o‘t,
Qayda qo‘yg‘ay solmayin jinsi bani odamg‘a o‘t. 
Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin
Shu’lai ohim solibtur bu biyik toramg‘a o‘t. 
Bazm aro qo‘ymang meni, ey ishrat ahli, zinhor
Kim, g‘amim barqi solur yuz xotiri xurramg‘a o‘t. 
Har damim bir o‘tlug‘ oh o‘lsa, taajjub qilmangiz,
Hajr so‘zidin tutashibtur bu issig‘ damg‘a o‘t. 
Zulfi sohirdurki, o‘tluq orazi uzra tushub,
Solmadi yuz shu’lasi ul turrai purxamg‘a o‘t. 
Ko‘kta ul shakli mudavvarkim, ko‘rubsen, shu’laliq,
Tushmish ul yuz lam’asidin nayyiri a’zamg‘a o‘t. 
Zaxmlig‘ ko‘nglum o‘tig‘a marham etmas naf’kim,
Yaradin momuqqa, momuqdin tushar marhamg‘a o‘t. 
Dayr ichinda durd ichar sing‘am safolim rashkidin,
Otashin may lam’asidin tushtn jomi Jamg‘a o‘t. 
Hajr so‘zidin degan nazming, Navoiy buylakim, 
Tutti olamni ajab gar solmag‘ay olamg‘a o‘t.


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin