Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Jon olurg‘a bir
taraf kelmak emish ul qotil,
Solma, ey jon, ani zaxmatqayu chiq olliga bot.
Eyki, hayvon suyi ichkung, tilabon umri abad,
Tilasang umrni xush, jur’ai may ham anga qot.
Bog‘bono, gulu sarving saridin so‘z dema ko‘p,
Birisin sarvi gulandomima bare o‘xshot.
Raz
qizi zarfini, zohid, ko‘p ushatma, er esang,
O‘z butungniyu mening but kebi tavbamni ushot.
Xalqdin har yaramas kelsa, xush ulkim, haqg‘a
Desa bo‘lmas, mening uchun yana bir xalq yarot.
Ey Navoiy, chu gadosen, senu bir lo‘livash,
Shahg‘a mirzoyu mirak, xong‘a qiyotu qo‘ng‘rot.
74
Gulga
farxunda jamolingdin uyat,
Sarvg‘a toza niholingdin uyat.
Sabzai ravzag‘a xattingdin rashk,
Mardumi diydag‘a xolingdin uyat.
Yangi oy nega nazardin yoshunur,
Bo‘lmasa anga hilolingdin uyat?!
Nega zulmatqa inar Xizr suyi,
Topmasa no‘shi zilolingdin uyat!
Zy ko‘ngul, holinga Majnun uyalur,
Sanga yo‘qturmu bu holingdin uyat?!
Sabza xatlar g‘amidin qilding man’,
Yo‘qmu,
ey shayx, saqolingdin uyat!
Ey, Navoiy, qilasen vasl xayol,
Bilki, topqung bu xayolingdin uyat.
75
Qaydi zulfini, chu, yor ayladi zanjiri irodat,
Tushti har halqasidin bo‘ynuma bir tavqi saodat.
Xastalig‘ davlatidin so‘rg‘ali kelding boshim uza,
Za’f
uchun jon beruram, gar sen esang ahli iyodat.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: