www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Chu eltib ikki tarafdin boshnn qulog‘ng‘a zulf,
Magarki, qatlima har bir sening bila kengoshib.
O‘zin hechcha fahm aylabon, uyotqa qolib,
Ajal firoqing ila o‘ltururda chun o‘choshib.
Quyosh damin ola olmay, kirib qora yerga,
Yiqildi, husnda go‘yo yuzung bila taloshib.
Chamanda sarvg‘a noz aylamak yarashmaydur,
Valek har ne qilib sarvnozima yaroshib.
Firoq aro ne tiriklikdurur, xusho o‘lgan,
Visol toriga ummidi rishtasi uloshib.
Navoiy ulcha qazodin kelur, bo‘yinsung‘il
Kim, ulki bosh chekpbon, so‘ngra kechgasen qoshib.
61
Chobukum tez surar tund samand uzra chiqib,
Men so‘ngicha yeta olmay, yugururdin toliqib.
Garchi sabrim yo‘qidin ani erishib, lekin
Hushu ko‘nglum yo‘q uchun, har nafas andin oziqib.
Do‘stlar, bu kecha voqif bo‘lingizkim, chiqadur
Onsizin shefta jonim tan uyidin toriqib.
Har ko‘zumdin oqadur har birining xunobi,
Hajr ishkanjasi chun bag‘rimu ko‘nglumni siqib.
Tig‘ ila boshima keldingki, bu kun qatl ishida
Xo‘blar ichra saromadsen, o‘lubsen ayiqib.
Ko‘p kuchung birla quvonmaki, ajal jomi mayi
Ki, tutub Rustami Dostonni hamul lahza yiqib.
Ey Navoiy, to‘lar oxir dame chun paymona,
Naylagungdur bu nafas maykadadii bore chiqib.
62
Borur ul mast yana noz aylab,
Xalq ila arbada og‘oz aylab.
Qatl uchun g‘amzani jallod qilib,
Zulm uchun ko‘zni fusunsoz aylab.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Har qachonkim turubon boda ichib,
Jur’asin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-o‘q,
Jonu ko‘nglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah ko‘zga nazardinki, qazo
To ochib ani nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni g‘ammoz aylab.
63
Bizni zor etti bu ra’no mutrib,
Nag‘ma birla tarabafzo mutrib.
Nechakim nag‘ma chekib Dovudday,
Damda andoqki, Masiho mutrib.
Zuhra to nag‘masarodur andoq,
Bo‘lmadi davrda paydo mutrib.
Bo‘lsa xurshid atovu Zuhra ano,
Tug‘magay sen kebi zebo mutrib.
Seni to ko‘rdum, icharda mayi nob,
Tilamas xotirim illo mutrib.
Ey xush ulkim, ani bu bazmda may
Qilmadi bexudu shaydo mutrib.
Buylakim, bo‘ldi Navoiy uryon,
May bu nav’ etti ani yo mutrib.
64
Bordi ko‘nglum hushi ishqing o‘tidin axgar topib,
Bir gado yanglig‘ki, o‘lgay, qiymati gavhar topib.
Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,
Xayli to‘tikim hujum aylabturur, shakkar topib.
Ul pariy uchti ko‘zumdin, ko‘nglum aylar orzu
Kim, aning sari havo qilg‘ay, o‘qidin par topib.
Boshima qush oshyonidur, dog‘i ostimda tog‘,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |