Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
47 
Bog‘ingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondnn, yo rab. 
Oldi jon la’lingu elga labi jon berguchilar
Barcha qul bo‘lsun aning ollida jondin, yo rab. 
Dardini baski nihon tuttum — o‘larmen pinhon,
Voqif etgil ani bu dardi nihondin, yo rab. 
Yomon ahvolima ko‘z solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil ani bu yomondin, yo rab. 
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forig‘ et ahli jahon birla jahondnn, yo rab. 
Beribon ko‘ngluma jam’iyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, andin, yorab. 
Ko‘yida hajr fig‘oninki Navoiy tortar,
Ham meni, ham ani qutqar bu fig‘ondin, yo rab. 
48 
Ulki boshtin to qadam bor onchakim, imkoni xo‘b,
Sad’yaki bo‘lg‘ay birikim, xalq derlar ani xo‘b. 
To‘ksa qon ul kofir, o‘zga xo‘bni sevgil demang,
Ey musulmonlar, jahonda bir aningdek qani xo‘b. 
Huri jannat shaklidin ham dilrabo husnung latif,
Xuldi rizvondin dog‘i ko‘yung sarobo‘stoni xo‘b. 
Jonni jonon istasa, qilmoq taallul xo‘b emas,
Naylasun jon ulki, bo‘lg‘ay sen kebi jononi xo‘b. 
Husni ofatdin emas xoli, bu damkim xo‘b sen,
Sa’y qil, jonoki, o‘tsun xo‘bluq davroni xo‘b. 
Ko‘z gunohi ko‘rmaking erdiki, to‘ktung qon yoshin,
Xo‘b emas, jono, to‘kulmak begunahlar qoni xo‘b. 
Ey Navoiy, g‘ayr rashkidin visoli bazmida
Uyladurmenkim, ko‘runubtur manga hijroni xo‘b. 
49 
Gar bo‘lmadi bir lahza manga yor musohib,
Ne bo‘lg‘ay edi bo‘lmasa ag‘yor musohib. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Rozimen agar naqdi dilu dinim o‘g‘urlar,
Gar bo‘lsa manga ul buti ayyor musohib. 
Mahjub edi ul sho‘x ulustin, chu may ichti.
Har xayl bila bo‘ldi bayakbor musohib? 
Ko‘zlar bila ul yuz qiladur qatl, ne bo‘lg‘an,
Din ahli bila bo‘ldi chu kuffor musohib? 
Bir go‘shada may ichmasa, o‘z bo‘ynida qoni,
Gar bo‘lsa dame kimsaga dildor musohib. 
Topilmasa gar yori vafodor kam ermas
Andin, kishi gar topsa vafodor musohib. 
Yaxshingni yamonlig‘ bila fosh ar tilamassen,
Olam elidin aylama zinhor musohib. 
Dardoki, musohib manga bir tushmadi hamdard,
Davronda tushub ilgima bisyor musohib. 
Yor etsa Navoiyni musohiblari, xushtur,
Yo‘q baxti qilurg‘a chu ani yor musohib. 
50 
Qani sening kebi olamda dilrabo mahbub,
Ko‘z ila qotilu lab birla jonfizo mahbub. 
Ne zulm aylasang ahbobqa, xudo yoring,
Chu xalq aylamamish sen kebi xudo mahbub. 
Xumor dardi birla hajr mehnatida manga,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo mahbub. 
Niyozi ishq sari nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib bo‘lsayu gado — mahbub. 
Meni gadog‘a ne hol o‘lg‘ay, ey musulmonlar
Ki, soldi ishq boshim uzra podsho mahbub. 
Rafiqlar, o‘tunguz dayr ko‘yidinki, meni
Xarob ayladi may dog‘i mubtalo mahbub. 
Gar o‘lsa hali muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilg‘an soyi jafo mahbub. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin