Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
Gar ishq zaxmig‘a vasl marham desangki qo‘ysun, 
Xijronda osru qilma besabru besukunluq. 
Har nechakim yuz o‘lsa hijronda za’faroni,
G‘am yo‘q berur chu qon yosh ul yuzga lolagunluq. 
Bir jom ul pariyvash to tutti, kimki ko‘rdi
Aytur meni: erur bu yo mast, yo jununluq. 
Bu ishqi pok birla xirqamni huru rizvon
Yirtishlar, qilurg‘a hullalarin yurunluq. 
Vasl istading, Navoiy, ofat boshingg‘a yog‘di,
Boshingda qayda tushti bu tole ozmunluq. 
313 
Ne haddim orzu qilmoq ul oy bazmida mahramliq,
Muyassar bo‘lsa xushtur, itlari xaylig‘a hamdamliq. 
Meni devona qilg‘an vajhdin ani pariy dermen,
Yana bir vajh bukim, tavrida kam ko‘rdum odamliq. 
Inon, tuz qomating haqqiyu ohimdin hazar qilg‘il
Ki, gulshan ichra nozuk naxlg‘a yeldin bo‘lur xamliq. 
Qotiq holimga charx aylab taponcha birla ko‘k yuzni,
Nujum ashkidin etti nilufar bargini shabnamliq. 
Manga bo‘l yorkim, ishq ahli birla husn eli ichra,
Muqarrarlig‘ manga yetti, sanga tegdi musallamliq. 
Ne husnu nutq erur, yo rabki, zohir aylasang andin
Quyoshqa tiyralig‘ bo‘lgay, ayon Isog‘a abkamliq. 
Zamon ahlini qotiqmu deyin yo sustkim, yo‘qtur
Jafo ichra alarda sustlig‘, ahd ichra mahkamliq. 
Fano dayri gadoyimen, mayim eski safol ichra,
Tamosho aylab, ey shayxlar, ko‘rung ul jom ila jamliq. 
Navoiy, dayr piri nuktasin fahm etmasang, mast o‘l,
Nedinkim osru ko‘p voqi’dur ish sirrida mubhamliq. 
314 
Ne haddim bor itingning poybo‘sin muddao qilmoq,
Manga basdur muyassar bo‘lsa yer o‘pmak, duo qilmoq. 
Ayog‘ingdur manga hojatki, gom urg‘ay mening sari,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
Sanga osondurur bu hojatim, jono, ravo qilmoq. 
Tilu xomam jahonni tutti, ammo husnungu ishqim
Qalam ham aylay olmas naqshu til dog‘i ado qilmoq 
Ko‘zu qoshing ko‘ngulning ro‘zg‘orinkim qora qildi,
Kerak shukr etmasa zohir, yuzin dog‘i qora qilmoq. 
Agar mujgonu qoshing hayrati ermas edi gardun,
Ne erdi aylamak ohim o‘qu gardunni yo qilmoq. 
Qilay ming sajdai shukr, ulki umrum sajdada o‘tti,
Topa olsam qoshing mehrobida borin qazo qilmoq. 
Xato qilg‘ach, ibodat tarki ta’na urma, zohidkim,
Ubudiyat ishinnng lozimi keldi xato qilmoq. 
Riyodin ayladi ujbumni afzun xonaqah shayxi,
Xaroboti fano pirig‘a avlo iltijo qilmoq. 
Navoiy ishqi ul oy husni birla tav’omondurlar,
Alarni bo‘lmas, ey pand ahli, bir-birdin judo qilmoq. 
315 
Bir qatla bo‘lsa erdi ul gul uzor oshiq,
Bo‘lg‘aymu erdi muncha ollida xor oshiq. 
Ishq ichra kuysa erdi bir tun, qilur edi rahm,
G‘am shomi oh o‘tidin cheksa sharor oshiq. 
Xore ayog‘in afgor etmay ne fikri bo‘lg‘ay,
Gar qilsa xora birla ko‘nglin figor oshiq. 
Jonni fido qilsam ta’n etmangizki, bordur
Yor ollida o‘larga beixtiyor oshiq. 
Sham’i jamolin ochqoch, o‘rtanmakim ne tongkim,
Kuymak aro keraktur parvonavor oshiq. 
Ishq ichra e’tiboring gar yo‘q, bu mu’tabardur,
Bo‘lsa kerak fanodin bee’tibor oshiq. 
Oshiq esang, Navoiy, ko‘p za’fdin toriqma,
Ne bo‘lg‘usidur o‘lmay zoru nazor oshiq. 
316 
Ashkdin jismim binosin qo‘ymadi obod ishq,
Ohdin berdi vujudim tufrog‘in barbod ishq. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin